O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Nazorat uchun savollar 
 
1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari nimalardan iborat. 
2. Investitsiyalarni texnik–iqtisodiy jihatdan asoslash deganda nimani 
tushunasiz. 
3. Loyihalash bosqichlari va loyihalashtirish hujjatlarini mazmunini
tushuntirib bering. 
4. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash uslublarini
ayting. 
5. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy
yo’nalishlari nimalardan iborat.
6. Loyihalanayotgan ob’ektning iqtisodiy samaradorligiga nimalar ta’sir 
qiladi ? 


104 
7.
Loyihalashtirishning ilg’or yo’nalishlarini ayting va ularga misollar 
keltiring.
8.
Qurilish-montaj ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi qanday 
aniqlanadi ? 
9.
Texnik loyiha qanday bo’limlardan tashkil topadi? 
10. Solishtirma mehnat sig’imini aniqlash formulasini ayting. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


105 
VII BOB. QURILISH KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI 
SUB’EKTI SIFATIDA 
 
7.1. Tadbirkorlik va korxona 
 
Mamlakatda bozor munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda jamiyat 
oldida turgan masalalar ichida tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning faol shakli 
sifatida muhim o’rin egallaydi. 
Tadbirkorlik 
deganda 
shaxslar 
va 
korxonalarning 
o’zaro 
manfaatdorligiga yo’naltirilgan xarakatlari va mulkiy mas’ulligi asosida 
amalga oshiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbuskor mustaqil 
xo’jalik faoliyati tushuniladi. 
Tadbirkorlik muvofiqlashtirish, bozor va raqobat orqali rivojlanish 
strategiyasini ishlab chiqish mexanizmlarini yaratadi, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar o’rtasida aloqalar o’rnatadi. Tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy omillar 
(o’z ahvolini yaxshilash bo’yicha izlanishlar olib borish) bilan ham 
ta’minlanadi. 
Tadbirkorlik faoliyati deganda ketma-ket yoki parallel ravishda amalga 
oshiriladigan kelishuvlar jamlanmasi tushuniladi, bu kelishuvlardan har biri 
puxta aniqlangan vaqt oraliqlari bilan chegaralanadi.
O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 2-mayda qabul qilingan 
“Tadbirkolik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi O’RQ-328
-
son 
qonunining 3-moddasida: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik 
faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, 
o’zi tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga 
qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.” deb ta’kidlangan.
14
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari (tadbirkorlik sub’ektlari) belgilangan
artibda davlat ro’yxatidan o’tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. 
14
O’zbekiston Respublikasining 2012 yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida” gi 
O’RQ-328-son qonuni. http://lex.uz/acts/2006789
 


106 
Fuqarolar yuridik shaxslar tashkil etmasdan, davlat ro’yxatidan o’tkazilgan 
vaqtdan boshlab yakka 
tadbirkor sifatida tadbirkorlik 
faoliyati 
bilan 
shug’ullanishlari mumkin. Birlashgan hamkorlar tadbirkorlik sub’ektlari sifatida 
turli xo’jalik birlashmalari shaklida o’zlarining xususiy va qonuniy asosda 
to’plagan mulkidan foydalangan holatda maydonga chiqishlari mumkin. 
Tadbirkorning rasmiy maqomi jismoniy shaxsni yollangan mehnatsiz yakka 
tadbirkorlik ishtirokchisi sifatida yoki qonun orqali aniqlanadigan ramkada jalb 
qilingan yollanma mehnat bilan korxona sifatida yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan 
o’tkazilgandan keyin kuchga kiradi. 
Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti quyidagi huquqlarga ega: 
-
 
muassasa, korxona tuzish va qayta tashkil etish, shuningdek, korxona 
mulk egasi bilan shartnoma tuzish, bank muassasalarida hisob raqamlari ochish, 
hamma turdagi hisob, kredit va kassali operatsiyalarni amalga oshirish yo’li bilan 
tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yurgizish; 
-
 
moliyaviy mablag’lar, intellektual mulk ob’ektlari, fuqarolar va yuridik 
shaxslar mulklari hamda alohida mulkiy huquqlarni shartnomali asosda jalb qilish 
va ulardan foydalanish; 
-
 
ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, yetkazib beruvchilar va o’z 
mahsuloti iste’molchilarini tanlash, mahsulotga narx qo’yishni mustaqil ravishda 
shakllantirish va amalga oshirish; 
-
 
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, valyuta operatsiyalarini olib 
borish; 
-
 
korxonani boshqarish bo’yicha ma’muriy-tartiblash faoliyatini amalga 
oshirish; 
-
 
korxona nomidan yoki amaldagi qonunlar va korxona ustaviga muvofiq 
ishchilarni yollash (ishga qabul qilish) va ishdan ozod etish; 
-
 
qonunchilik, korxona shartnomasi va ustaviga muvofiq soliqlarni 
to’lagandan keyin va boshqa majburiy to’lovlarni amalga oshirgandan so’ng 
korxona tadbirkorlik faoliyati orqali erishilgan foyda o’stida erkin ish yuritish


107 
-
 
davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari, tibbiy va ijtimoiy sug’urta xizmatlaridan 
foydalanish; 
-
 
tadbirkorlar ittifoqlari, assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarini tashkil 
etish; 
-
 
qonunda belgilangan tartibda fuqarolar, yuridik shaxslar, boshqaruv 
organlari harakatlarini iqtisodiy sudda qayta ko’rish. 
Shu bilan birgalikda qonun bir vaqtning o’zida tadbirkorning burchlarini 
ham aniqlab beradi. 
Tadbirkorning burchlari: 
-
O’zbekiston Respublikasi qonunlari va tadbirkor tomonidan tuzilgan 
shartnomalar, jumladan korxona mulk egasi bilan tuzilgan shartnomalardan kelib 
chiqadigan burchlarni bajarish; 
-
qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yoki korxona nomidan 
fuqarolarni yollash bo’yicha ishchilar yoki tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari 
tuzish; 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin