O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Yüklə 384,59 Kb.
səhifə2/8
tarix15.10.2023
ölçüsü384,59 Kb.
#130369
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu O\'zbekiston

ikkinchidan, fan materiallarini o‘zlashtirish bo‘lajak mutaxassislarda tarixiy bilimlarning davomiyligini, tasavvur va tushunchalarning chuqurlashuviga xizmat qiladi, masala mohiyatiga ilmiy-nazariy yondashuv fazilatlarini shakllantiradi;
birinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari chuqur ilmiylik, xolisonalik, tarixiylik, xronologik, izchillik, tarixiy haqiqatning ustuvorligi tamoyillariga asoslanadi;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari, tarixiy jarayonlarning talqini sobiq tuzum davrida an’anaga aylangan-sinfiylik, partiyaviylik kabi soxta tamoyillardan holi bo‘lmog‘i lozim. Bundan kelib chiqqan holda:
-beshinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash tamoyillari vujudga keldi
-to‘rtinchidan, tarixiy talqindagi materiallar umumbashariy va milliy qadriyatlar ustuvorligi hamda tarixga hurmat e’tibor ruhi bilan sug‘orilgan.
uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari boshidan oxirigacha vatanparvarlik, tolerantlik, insoniylik kabi fazilatlar g‘oyasi bilan sug‘orilgan;
Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini, ilk davlat shakllarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanishi, ma’lum davrlarda boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qolganligini,
Uning ayanchli mashaqqatlarini, ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat ko‘rsatgan qahramonlarini, xalqimizning ma’naviyati va ma’rifatini ko‘tarishda jon fido qilgan o‘g‘lonlarini, qatag‘on davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi,
Mustaqillik sharoitida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va nihoyat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilish tomon borganligini o‘rgatadi.
O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar yig‘indisi hisoblanadi.
Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, yoritishda ularga holisona, haqqoniy, ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqea-hodisalarni holis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha yoritish ko‘zda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‘zaro aloqada, deb o‘rganish lozim. Holislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni o‘rganish jarayonida bo‘lib o‘tgan, yoki shu taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha voqea-hodisalarni hech bir o‘zgartirishlarsiz, qanday bo‘lsa, o‘sha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir.

Yüklə 384,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin