O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti



Yüklə 384,59 Kb.
səhifə7/8
tarix15.10.2023
ölçüsü384,59 Kb.
#130369
1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu O\'zbekiston

Darsning o‘quv maqsadi:
sovet tuzumi, “Paxta ishi”, “O‘zbek ishi”, “Sharqiy front”, “qayta qurish”, panturkizm, erkin yoshlar uyushmasi, Orol fojeasi.
Tayanch iboralar:
Sovet jamiyatining 80-yillar o‘rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarda hukm surgan siyosatining bevosita mantiqiy davomi edi.
Sobiq Ittifoq siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda bir necha marta tub islohotlar, o‘zgarishlar qilishga urinib ko‘rdi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo‘jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko‘proq daxldor bo‘ldi.
Biroq ko‘zlangan maqsadga erisha olmadi. Shu davrga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Bir tomondan ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo‘lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi.
Jahonning rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o‘zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg‘a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy tub o‘zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.
Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachyov va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil aprel plenumi bilan bevosita bog‘liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda to‘planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan boshlandi.
80-yillarning o‘rtalarida sovet jamiyatida “qayta qurish” boshlandi.
M. S.Gorbachyovning qayta qurish va maamlakat iqtisodiyotini jadallashtirish dasturiga ko‘ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSRning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi,
ya'ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajada teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi.
korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo‘jalik hisobiga va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazish;
mehnatning mazmun va xarakterida, odamlarning moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarida chuqur o‘zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to‘lash;
oshkoralik, ya'ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish.
Jadallashtirish dasturini amalga oshirish 3 omilga tayanar edi.
O‘zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar soveti raisining birinchi o‘rinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi raisining o‘rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi. Respublika prokurori etib Buturlin, uning o‘rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi.
Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sobiq Ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi.
Gdlyan guruhi O‘zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi. 1989 yilgacha bu ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlandi. O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani uchun sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi.
Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo‘lib, ular respublikadagi hukmronlikni to‘la qo‘lga olgan edilar. “Paxta ishi” va “O‘zbeklar ishi” deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar boshlanib ketdi.
Yangi rahbarning faoliyati O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish,
toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi desak yanglishmaymiz.
1989 yil 23 iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi.
“Paxta ishlari”ni ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi.
Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi.
1990 yil 13 iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi.
Bu xatda “Paxta ishlari” chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi.
1989 yilda O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi.
Shu davrga kelib respublika qishloq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib qoldi.
Sovet tizimining navbatdagi islohoti ham yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli barbod bo‘ldi.
Kommunistik mafkura o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun hatto ayrim respublikalarda millatlararo nizolarni uyushtira boshladi.
XX asr 80- yillaridagi O’zbekistonda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
Markaziy Osiyo respublikalari SSSRning yevropa qismidagi va Kavkazorti respublikalaridan etnik, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy-siyosiy jihatdan katta farq qilardi.
Ulardagi turmush darajasining boshqa ittifoqdoshlariga nisbatan pastligi va aholi o‘sishining yuqoriligi konformizm (befarqlik, loqaydlik)ning hukmron bo‘lishiga xalaqit berolmas edi.
Ulardagi sanoat qoloqroq va tarqoqroq edi. Yakka hokimlik (monokultura)ga asoslangan qishloq xo‘jaligi ittifoq markazi uchun xomashyo tayyorlab berishga moslashtirilgan edi.
80 yillarning 2-yarmida O‘zbekistonda jiddiy o‘zgarishlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlarining faollashuvi, siyosiy madaniyatining keskin ko‘tarilishi yuz berdi. 1988 yilning 11 noyabrida «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po‘latov) jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi. Xuddi shu paytda O‘zbekiston erkin yoshlar uyushmasi tuzildi. 1990 yil 30 aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyida uning dastur va nizomi qabul qilindi.
Jalilov Sh. Davlat hokimiyati mahalliy organlari islohoti. Tajriba va muammolar. T. O‘zbekiston, 1994
Muhammedov X.M. O‘zbekiston davlatchiligining huquqiy asoslari. T. Adolat, 1999
Xalilov E.X. O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti: birinchi chaqiriq Oliy Majlisining faoliyati. T. O‘zbekiston, 1999
Husanov O.T. Mustaqillik va mahalliy hokimiyat. T. Sharq, 1997
Xo‘jamberdiyev Ye. O‘zbeklar ishi. T., “Yozuvchi”, 1996.
O‘zbekistonning yangi tarixi. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2-kitob. T., “Sharq”, 2000.
Levitin. O‘zbekiston tarixiy burilish pallasida.T. 2001 73-81 bet.

Yüklə 384,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin