11. “Qarama-qarshi” munosabat” strategiyasi. Mazkur strategiya o‘z mohiyatiga ko‘ra talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil hamda sintez qilish asosida mavzuni yoritishda ahamiyatli bo‘lgan tayanch tushunchalarni asosiy va ikkinchi darajali sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi.
Talabalar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiboriga quyidagi jadvalni taqdim etish maqsadga muvofiq:
12. “Konseptual jadval” metodi talabalarda o‘rganilayotgan mavzu, masala yoki muammoni uning ikki yoki undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashga o‘rgatadi. Metoddan foydalanishda talabalarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyati rivojlanadi. Mashg‘ulotlar chog‘ida metoddan foydalanish quyidagi tartibda kechadi: 1) o‘qituvchi echimi topilishi lozim bo‘lgan masalani aniqlaydi; 2) talabalar masala va metoddan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladilar; 3) ular kichik guruhlarga biriktiriladilar; 4) guruhlar o‘zlariga berilgan topshiriqni baradilar; 5) guruhlar echimni jamoa hukmiga havola etadilar; 6) guruhlarning echimlari jamoada muhokama qilinadi.
Talabalar e’tiboriga quyidagi namunani tavsiya etish mumkin: