6. “Asalari galasi” strategiyasi.U o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha tanlangan muammoning auditoriyada umumiy yoki kichik guruhlarda alohida tahlil qilinishiga yordam beradi. Strategiyani qo‘llashda kichik guruhlarga beriladigan topshiriqlar bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Guruhlarga berilgan topshiriq muayyan muddat ichida muhokama qilinib, natija barchaga ma’lum qilinadi. Mashg‘ulot yakunida masalaning eng maqbul echimi tanlab olinadi.
Mashg‘ulot jarayonida strategiyani qo‘llashda quyidagicha yo‘l tutiladi:
7. “Barcha omillarni hisobga ol!” (BOHO) metodi.Mazkur metod shaxs e’tiborini muayyan omillarga qaratishga xizmat qiluvchi metod sanalib, uni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad shaxs ongini rivojlantirish, tasavvurini kengaytirish, tafakkurini boyitishga xizmat qiladi.
Metod qanchalik aniq maqsad asosida qo‘llanilsa, uning samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar o‘quvchi (talaba) u yoki bu fikrni ochiq aytishga tortinsa, u holda metodni qo‘llash hech qanday samara bermaydi.
Mashg‘ulotlar jarayonida metoddan foydalanishda quyidagi savollarga javob topgan holda mavzuni samarali o‘zlashtirish imkonini beradigan omillarning ro‘yxatini tuzib olish maqsadga muvofiqdir:
8. “Beshinchisi (oltinchisi, ettinchisi, ...) ortiqcha” strategiyasi. Ushbu strategiya o‘quvchi (talaba)larning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsata va asoslay olish o‘quvchi (talaba)larda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini dalillash tengdoshlarning fikrlari va shaxsiy g‘oyalarni o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantirishga imkon beradi.