9. “Blits-so‘rov” metodi. Ta’lim jarayonida “Blits-so‘rov” metodi ham faol qo‘llaniladi. “Blits-so‘rov” (ingl. “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa, aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadi. Ta’lim muassasalarida bu metodga muvofiq savollar, asosan, o‘qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg‘ulot turi, o‘rganilayotgan mavzuning murakkabligi, o‘quvchi (talaba)larning qamrab olinishiga ko‘ra belgilanadi.
Mashg‘ulotlarda metodni qo‘llash quyidagicha kechadi:
Metodni qo‘llashda mavzuga doir tayanch tushunchalar, asosiy g‘oyalarning mohiyati o‘quvchi (talaba)lar tomonidan og‘zaki, yozma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
Demak, bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim jarayonining sifatini oshirish, samaradorligini takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada boy tajriba to‘plangan. Ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash borasida to‘plangan mavjud tajribalar orasida rivojlantiruvchi ta’lim alohida o‘rin tutmoqda. Zero, rivojlantiruvchi ta’lim shaxsning shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirish, unda muayyan sifat, jumladan, intellektni o‘stirishga xizmat qiladi. Buning natijasida talabalarning bilish faolligi oshiradi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Ta’lim amaliyotida xorijiy mamlakatlar tajribasida keng qo‘llanilayotgan interaktiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ham talabalarning bilish faolligini ta’minlashga, ularda juftlik, kichik guruh hamda jamoda o‘zaro hamkorlik asosida ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida ushbu texnologiyalar samarali qo‘llanmoqda.
10. “T-jadval” grafik organayzeri. Ushbu grafik organayzer tayanch tushunchalarni bir-biri bilan o‘zaro solishtirish, qiyoslash asosida o‘rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini bir necha asosiy belgilarga ko‘ra batafsil yoritish maqsadida qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda grafik organayzer mavzu mazmunida yoritiladigan bir necha holatlarning afzallik yoki kamchiliklarini, samaradorli yoki samarasizligini, bugungi kun va istiqbol uchun ahamiyatini taqqoslash maqsadida qo‘llaniladi.
Mashg‘ulotlarda “T-jadval” grafik organayzeridan foydalanish uchun talabalarning e’tiboriga quyidagi sxema taqdim etiladi:
O‘rganilayotgan masala (g‘oya, omil)
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
1.
|
1.
|
2.
|
2.
|
...
|
...
|
Dostları ilə paylaş: |