Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘z asarlarida yoshlarga yuksak ishonch bildirib, ularni barkamol avlod deb yuksak qadrlaganlar va shunday degan edilar: “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi”. Demak, bu jarayonda ta’lim turlarida faoliyat yuritayotgan murabbiylar, professor-o‘qituvchilarning o‘rni, ularning fidokorona mehnati va salohiyatiga ehtiyoj mavjud. Ayniqsa oliy ta’lim muassasalarida sifatli va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash lozim bo‘ladi.
Shu ma’noda mamlakatimiz prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z ma’ruzalaridan birida “…nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi” deya ta’kidladilar.
Shundan kelib chiqqan holda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Uzluksiz ta’limda fan va ishlab chiqarish davlat va jamiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Ta’lim va tarbiya jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi omildir. Chunki, ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi ijtimoiy buyurtmasini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Chizma – mavjud davlat standarti talablari asosida uning barcha qonun-qoidalari xamda shartliliklariga rioya qilib, ma’lum geometrik yasashlar usullarini qo‘llangan xolda chizma asboblari yordamida biror maqsad bo‘yicha bajariladigan va qayta tiklanish xususiyatiga ega bo‘lgan tasvir hisoblanadi.
Tasvir – biror buyum shaklini tekis yuza yoki hajmli sirt ustiga qalam, mix (tig‘), siyoh, bo‘yoq kabilarda chizib, qirib bajariladigan chizma, rasm kabilar hisoblanadi.
Haqiqatda, hozirda ham har bir buyum va u kattami, kichikmi yaratilishi oldidan eng oldin uning chizmasi chizib olinadi. Biron ish bajarishga mo‘ljallab yaratilgan xarqanday buyum avvalo xayolda so‘ngra qog‘ozda tasvirlanadi. Undan keyin uning o‘lchamlariga aniqlik kiritilib topshiriqqa mos chizmalar bajariladi. So‘ngra uni ishlab chiqish uchun korxonaga beriladi. Korxona uni ishlab chiqib foydalanishga yoki do‘konga topshiradi.
Har bir buyumni sotib olinganidan keyin, uni ishlatishdan oldin chizmasiga murojaat etiladi. Ushbu chizma yordamida buyum yig‘iladi, ta’mirlanadi, sozlanadi. Xullas, insoniyat va jamiyatning rivojlanishi chizmalar bilan chambarchas bog‘liqligi hammaga ayon. Ammo tevarak-atrof, ya’ni borliqni o‘rganish jarayoni orqali insonlar o‘z manfaati, yashab turgan vatani manfaatini, dunyo miqyosi manfaatini ko‘zlab ilm-fan bilan shug‘ullanishadi va yangi-yangi kashfiyotlar ochishadi. Bularning barchasini butun dunyo axliga etkazish uchun eng birinchi navbatda chizmalarga murojat etiladi.
Oliy ta’lim muassasalarining 5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishida chizma geometriya fani o‘qitiladi. Bundan tashqari talabalar grafik madaniyatini belgilovchi sifatlarga ularning grafik savodxonligi, chizma asboblaridan to‘g‘ri foydalana olish madaniyati, badiiy grafika elementlari bilan tanishligi, grafika tarixining umumiy masalalari va hozirgi ahvoli, hamda kompyuter grafikasi bilan tanishligini kiritish mumkin. Grafik savodxonlik talabalarda obrazli va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Chizma geometriyada ayniqsa pozitsiyaviy va metrik masalalarni ishlashlar talabalardan diqqat va etiborni bir soniyaga ham bo‘shashtirmaslikni talab qiladi. Chizmani bajarish va o‘qishda diqqat etiborni bir laxzaga qochirib olsa uni yana qaytib ulash uchun boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi. Buning ustiga xar-bir geometrik shakl nuqta va chiziqlar orqali tasvirlangandan so‘ng ularning proyeksiyalari (ko‘rinishlari)ni xamma vaqt diqqat etibordan chetga chiqarish mantiqning buzilishiga olib kelib tushunish jarayonini cho‘zib yuboradi. Agar talaba bunday qila olmasa u chizmani o‘qiy olmaydi yani bu berilgan chizmalar bo‘yicha berilgan obektning fazoviy obrazini ongda yarata olmaydi, tasavvur qila olmaydi.
Bunga o‘xshagan muammoli jarayonlarning hal etilishining asosiy yo‘li bu dars vaqtidan unumli, samarali foydalanish hamda mashg‘ulotni tashkil qilish va o‘qitish metodikasiga zamonaviy yondashishdadir. Shu maqsadda “To‘g‘ri chiziq” mavzusini o‘qitishda pedagogik texnologiya va axborot kommunikatsion texnologiyalar hamda interaktiv metodlardan foydalanishning amaliy tatbiqini ishlab chiqishga zaruriyat mavjud. Bu esa mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.