O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə37/42
tarix24.11.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#133658
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
ADILOV BI

Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari:

«Chizma geometriya» bo‘limi bo‘yicha


  1. Qanday holda to‘g‘ri chiziqning markaziy proeksiyasi nuqta bo‘ladi?

  2. To‘g‘ri chiziqning parallel proeksiyasi qanday yasaladi?

  3. Parallel to‘g‘ri chiziqlarning proeksiyalari qanday joylashgan bo‘ladi?

  4. Qanday holda to‘g‘ri chiziqning parallel proeksiyasi nuqta bo‘ladi?

  5. «Ortogonal» so‘zi nimani anglatadi?

  6. To‘g‘ri chiziqqa tegishli nuqtalarning proeksiyalari qanday joylashgan bo‘ladi?

  7. Tekis yoki kompleks chizma nima?

  8. Proeksiyalar tekisliklariga tegishli nuqtalarning proeksiyalari chizmada qanday tasvirlanadi?

  9. Nuqtaning berilgan ikki proeksiyasiga asosan uchinchi proeksiyasi qanday yasaladi?

  10. Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi oktantlarda joylashgan nuqtalarning koordinata qiymatlari ishorasi qanday bo‘ladi?

Xulosa va tavsiyalar
Toshkent davlat pedagogika universiteti xuzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi kursida tinglovchilarning pedagogik faoliyatini takomillashtirish maqsadiga bir qator pedagogik ta’lim modullari o‘rganildi. Jumladan:
- Oliy ta’limning me’yoriy huquqiy asoslari;
- Ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogic mahorat;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash;
- Amaliy xorijiy til;
- Tizimli tahlil va qarorlar qabul qilish asoslari;
- Maxsus fanlar.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi davomida egallangan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar asosida bitiruv ishi yaratildi.
Bitiruv ishining kirish qismida uning maqsadi va vazifalari, predmeti va ob’ekti, dolzarbligi va amaliy axamiyati yoritildi.
Birinchi bobda O‘zbekiston allomalari va hozirgi zamon o‘zbek olimlarini soxadagi ilmiy va amaliy taraqqiyotga qo‘shgan xissalari keltirilgan.
Chizma geometriya fanini o‘qitishda interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalar va axborot-kommunikatsion vositalari yordamida pedagogik texnologiyalar tadbiq qilindi.
Bitiruv ishini ikkinchi bobida chizma geometriya fani o‘quv dasturi qisqacha tavsifi, ya’ni “sillabusi” ishlab chiqildi, talabalarning Blum taksonomiyasi bo‘yicha bilishga, tushunishga, bilimlarni amalda qo‘llash, taxlilga, sintezlash, xulosa qilishga oid o‘quv maqsadiga erishganlik darajasini nazorat qilish va baxolashda foydalaniladigan test topshiriqlari ishlab chiqildi.
Bu esa o‘z navbatida talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning loyixalash ishlarida yordam beradi. Ishlab chiqilgan modul yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar uchun “Metrik masalalarni“ yechish uchun topshiriqlar tuzildi. Yaratilgan nostandart testlarni, ON va YAN variantlarini ta’lim jarayoniga samarali tadbiq qilish imkoniyatlari ochildi.
Bitiruv ishining eng axamiyatli jixatlaridan biri chizma geometriya fanining muxim modullaridan biri bo‘lgan: “To‘g‘ri chiziqlar” yuzasidan yaratilgan elektron ma’ruza. Ma’ruza matnida mavzularga doir ta’riflar, xossalar, ularning algoritmlari, tayanch so‘zlar, o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha savollar, shuningdek o‘qitish texnologiyasi va texnologik xaritasi yoritilgan.
Axborot kommunikatsion vositalardan foydalanib modulning taqdimoti ishlab chiqilgan. Taqdimot ko‘rimlilik asosida geometrik elementlarning fazoviy va tekis chizmalari ketma–ketlikda berilgan. Undagi barcha ma’lumotlar va o‘qituvchining maxorati talabalarning fanga qiziqishilari ortishiga turtki bo‘ladi.
Mavzuning tarkibiy qismlari ishlab chiqilib, amaliy mashg‘ulotlar uchun talablar bajaradigan shaxsiy grafik topshiriqlarga namunalar xamda o‘rganilgan modul materiallarini mustaxkamlash uchun misollar ishlab chiqildi.
Taklif qilingan nazariyani bevosita amaliyot bilan bog‘lanishi talabalar uchun yangi tushunchalarni qiziqarli shakllarda o‘zlashtirish imkoniyatlarining mavjudligi chizma geometriya fani darslarini samaradorligini ortishini ta’minlaydi.
Modul yuzasidan «Glossariy» uch tilda keltirildi. Talabalar «Chizma geometriya» fanini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun umumiy o‘rta maktabda o‘qitiladigan «Chizmachilik», «Geometriya» va «Informatika» fanlari asos bo‘ladi deb hisoblayman. Shu munosabat bilan umumiy o‘rta maktabda «Chizmachilik» fanini o‘qitishga e’tiborni yanada oshirish kerak.
Chizmachilik fanining texnika ta’lim yo‘nalishlaridagi OTMlarida boshqa fanlar (informatika, matematika, fizika, nazariy mexanika, amaliy mexanika, mashina mexanizmlari nazariyasi, mashina detallari va x.k.) bilan aloqalari uzviy va uzluksizligi axamiyati ko‘p marta ta’kidlanib kelingan.

Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin