Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi



Yüklə 297,01 Kb.
səhifə21/90
tarix13.08.2022
ölçüsü297,01 Kb.
#117538
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90
2 5406708684237572583 (1)

3. Dostonlarning tasnifi
Avvalo, sevgi-muhabbat, qahramonlik, sarguzasht, jang lavhalari aks etmagan dostonlarning o‘zi yo‘q. Qaysi dostonni eshitmang yoki o‘qimang, albatta, asar qahramoni mardligi, jasorati bilan bizda hurmat qozonadi. Albatta, u kimnidir sevadi va uzoq safarga otlanadi. Ammo shunga qaramay, asarning umumiy mazmuni zaminida muayyan mavzu yetakchi hisoblanadi. Masalan, “Alpomish” dostonini olaylik. Doston farzandsizlik motivi bilan boshlanadi. Lekin aynan shu motiv “Kuntug‘mish”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” dostonlarida ham bor.
Qahramonlik eposi xalq og‘zaki ijodi tarixida folklorshunoslik nuqtai nazaridan alohida bosqich sifatida baholanadi. Yunonlardagi “Odisseya” va “Iliada” asarlari bu jihatdan qayta-qayta ta'kidlangan. Qirg‘iz xalq ijodidagi “Manas”ga ham shunday baho berish mumkin. Bunday asarlarda qahramonlik va favqulodda mardlik ko‘rsatgan xalq farzandining yurt ozodligi, elni birlashtirish maqsadidagi safarlari, son va kuch jihatdan ustun turgan dushman bilan olishuvlari aks etadi. O‘zbeklarda qahramonlik eposiga “Alpomish” dostoni misol bo‘ladi. Unda yurtimizdagi milliy an’analarning shakllanishi, tashqi dushmanga qarshi kurash, xalq birligini saqlash, mustaqil hayotni muhofaza qilish g‘oyalari o‘z ifodasini topgan.
Xalqimiz baxshilari repertuaridagi dostonlarning salmoqli qismi sevgi-romanik turga mansubdir. “Roman” so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib, eposning bir turi ma’nosini bildiradi. Keyinchalik badiiy adabiyotda roman janr sifatida ajralib rivojlandi. Endi sevgi-sarguzasht voqealari, yetakchi asarlar bu nom bilan ataldi. Xalq ijodida sevgi-romanik atamasi bilan atalgan doston deganda, asosan, muhabbat bilan aloqador sarguzashtlar aks etgan asarlar nazarda tutiladi. Ularda voqea tuguni oshiqning ma’shuqa haqida xabar topishidan boshlanadi. Keyinchalik qahramon ishqiy sarguzashtlariga boy safarga otlanadi. Bu yo‘lda baxshi kashfiyotlariga boy lavhalar o‘ylab topiladi.
Jangnoma dostonlarida jang lavhalari tasviriga e’tibor qaratiladi. Baxshilar bunday dostonlarni nisbatan kam ijro etganlar. Hayratli janglar tasviri, asar qahramonlarining botirliklari baxshi tomonidan fantastik talqinda ifodalanadi. “Yusuf bilan Ahmad”, “Alibek bilan Bolibek”, “Qirq ming” kabi epos namunalari shular jumlasidandir.
Adabiyotshunoslikda badiiy ijodning bu namunalari xalq kitoblari nomi bilan o‘rganildi. Yozma adabiyot vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqyealar bilan tanishgan baxshilar ularga suyangan holda o‘z nusxa (variant)larini yaratdilar. Shu bois xalq kitoblari ko‘proq folklorshunoslik tomonidan tahlil etildi. “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Vomiq va Uzro” dostonlari shu tarzda vujudga keldi va o‘rganildi. Xorazm dostonchiligi, asosan, xalq kitoblarini yoddan ijro qilish zaminida shakllandi.

Yüklə 297,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin