topishmoqlari Suydirgan ham til, Kuydirgan ham til.
Shirin so‘z – shakar, Achchiq so‘z – zahar shaklida maqol sifatida qo‘laniladi”76.
Doston va ertaklardagi tasviriy mushtaraklik ham alohida tadqiqot yuritishga arziydigan mavzudir. Qahramonlarning tashqi qiyofasi, qiz – malikalarning go‘zalligi tavsifi shu qadar o‘xshash tasvirlanadiki, ba'zan matnni o‘qiyotganimizda asar doston yoki ertak ekanini unutib qo‘yamiz. Masalan, “Malika ayyor” dostonida Shozargar vaziyat taqozosi bilan sichqonga, uzukka, tishi olmos kalamushga, boshi olmos o‘q ilonga, va nihoyat, kal qiyofasidagi qimorbozga aylanadi. Dostonining bu sahifalari ko‘proq ertaklardagi transfiguratsiya (bir qiyofadan boshqa qiyofaga o‘tish) usulini eslatadi. Bundan tashqari afsona, rivoyat, ertak, doston matnlarida o‘nlab maqollarning qo‘llanilishiga guvoh bo‘lamiz. “Alpomish” dostoning o‘zida:
Chichqon ini ming tanga bo‘ldi. Elakka borgan xotinning ellik og‘iz gapi bor kabi bir qator maqol, matal, hikmatli so‘zlar asar matnini bezab turibdi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi, avvalo, ularning jins, tur, janrlarga bo‘linishidan tashqari bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Janrlararo yaqinlik og‘zaki ijodning asrlar davomida dunyoqarashi jihatidan yaqin ijodkorlarning iqtidori mahsuli natijasi sifatida baholanishi mumkin. Og‘zaki asar qaysi janrga taalluqli ekanidan qat'i nazar yosh avlodning barkamol farzand bo‘lib yetishishini ta'minlash maqsadini amalga oshirishda xalq xizmatida bo‘lgan.
Nazorat savollari Maqol og‘zaki janrning eng faol turi degan fikrga qo‘shilasizmi?
Agar shunday bo‘lsa nega? Fikringizni asoslab bering.
Maqollarda o‘z va ko‘chma ma’nolar qay tarzda namoyon bo‘ladi?
Foydalanish uchun adabiyotlar: O‘zbek folklorshunosligi masalalari. 3-kitob. -T.: “Fan”, 2010.
O‘zbek xalq maqollari. T.,1988.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. O‘UM, O‘Zmu- 2011. O‘zbek filologiyasi fakulteti kutubxonasi.