O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Shaxsning o’z o’ziga bahosi



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/175
tarix04.11.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#118948
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   175
psixologiya

4. Shaxsning o’z o’ziga bahosi. 
 Shaxsning o’zi, imkoniyatlari, qobiliyatlari hakidagi umumlashgan va 
nisbatan turg’un tasavvurlari o’z-o’ziga bahosi deyiladi. Psixologiyada o’z-
o’ziga bahoning uchta turi ajratiladi:1. O’z-o’ziga to’g’ri baho berish, ya’ni 
realistik baho; 2. O’z-o’zini me’yor darajasida biroz oshirib yoki pasaytrib 
baholash; 3. O’z -o’zini me’yoridan ortiqcha oshirib yoki paaytirib baholash.
O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi, shu 
tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq holda turlicha bo’lishi mumkin.
Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida — 
aksincha, pastlab ketishi mumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real 
munosabatlariga bog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga,
ya’ni, uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga 
bog’liq tarzda shakllanadi. Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga 
nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o’z-o’ziga bahosini 
oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni 
pastlatmasligi mumkin. Ya’ni, bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq 
bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir.
O’z-o’ziga baho nafaqat xaqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi, balki 
u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin.
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning 
obyektivligiga bog’liq tarzda o’z-o’zi bilan muloqotga kirishib, jadvaldagiga 
muvofiq shaxs o’zini nazorat qila oladi. Shuning uchun ham hayotda shunday 
kishilar uchraydiki, katta majlisda ishi tanqidga uchrasa ham, o’ziga holis baho 
berib, kerakli to’g’ri xulosalar chiqara oladi, shunday odamlar ham borki,
arzimagan xatolik uchun o’z «ich-etini yeb tashlaydi». Bu o’sha ichki 
dialogning har kimda har xil ekanligidan darak beruvchi faktlardir.
 Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti. Shaxs shakllanishi odatda uning o’z-
o’zini anglashidan boshlanadi. Shaxs o’z mohiyatiga kura ijtimoiy hisoblangan 
munosabatlar tizimiga kirgan, odamlar bilan uzaro birgalikda harakat kilgan va 
munosabatda bo’lgan xolda uzini atrof muhitdan, boshqa odamlardan alohida 
ekanligini anglay boshlab, uzining jismoniy va psixologik xolati, harakatlari va 
jarayonlarining subyekti sifatida his etadi. Uzi uchun «boshkalardan» farqli va 
ayni chogda ular bilan bog’liq bo’lgan «Men» sifatida namoyon bo’ladi. 2–3 
yoshli bolalardayok «Men» siymosi shakllana boshlaydi. ( «Seniki emas – 
meniki», «menga besh» va xokazo (I. Kon). Shaxs shakllanishi murakkab 
jarayon bo’lib, uni V. M. Karimova ta’kidlaganidek ijtimoiylashuv jarayoni 
sifatida qarash maqsadga muvofiq. Bola tug’ilgan onidan boshlab o’ziga 
o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy potensiali ana shu 
ijtimoiy muhitda namoyon bo’ladi. Chunki agar insonning ontogenetik 
taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo’lsak, xali gapirmay turib, odam bolasi 
o’ziga o’hshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy 
muloqotning barcha ko’rinishlarining faol obyekti va subyektiga aylanadi. Shu 
nuqtai nazardan, har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va 
qanday sharoitlarda paydo bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizning 


25 
psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayon 
psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sosializasiya deb yuritiladi.
Demak, sosializasiya yoki ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy 
tajribani egallash va hayot — faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish 
jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv — har bir shaxsning 
jamiyatga qo’shilishi, uning normalari, talablari, ko’tishlari va ta’sirini qabul 
qilgan xolda, har bir harakati va muomalasida uni ko’rsatishi va kerak bo’lsa,
shu ijtimoiy tajribasi bilan o’z navbatida o’zgalarga ta’sirini o’tkaza olishi 
jarayonidir.
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o’rtasidagi muloqot va hamkorlikda 
turli faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga 
ko’rsatilayotgan ta’sir oddiy, mexanik tarzda o’zlashtirilmay, u har bir 
shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan 
subyektiv tarzda idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir 
xil ta’sirlar odamlar tomonidan turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. (V. M. 
Karimova) 
 Psixologiyada shaxs shaklanishi va qanday inson bo’lib kamol topishiga 
quyidagi bir biri bilan o’zaro bog’liq omillar ta’sir ko’rsatadi: irsiyat,
muhit(makro va mikromuhit), ta’lim tarbiya, shaxsning o’zining intilishi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin