27
ko‘ra mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan muddatlardan keyin taqdim etilgan
arizalar asosida tijorat banklari Reyestr shakllantirib boradi va har oyning 15-sanasi
va oxirgi sanasida Jamg‘armaga buyurtmanoma yuboradi.
13. Ta’lim tashkilotlari o‘quv yili davomida to‘lov-kontrakt miqdori
o‘zgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan
kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
14. Jamg‘arma buyurtmanomalar kelib tushgan kundan boshlab besh ish
kunida tijorat banklari bilan Moliya vazirligi o‘rtasida ta’lim krediti uchun
mablag‘larni ajratish bo‘yicha depozit shartnomasi imzolab, ushbu mablag‘larni
tijorat banklarining tegishli hisob varag‘iga o‘tkazib beradi.
15. Bosh bitimga muvofiq Jamg‘arma mablag‘larni tijorat banklariga
Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga past stavkada joylashtiradi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Moliya
vazirligi va tijorat banklari o‘rtasida tuzilgan ta’lim krediti uchun mablag‘larni
ajratish to‘g‘risidagi depozit shartnomasiga foiz stavkasini tegishli davr uchun mos
ravishdagi foiz bandga tushirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi ko‘tarilgan taqdirda, ta’lim krediti uchun
mablag‘larni ajratish bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
16. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan ta’lim krediti
uchun mablag‘larni qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash tijorat banklari
va Moliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda
va muddatlarda amalga oshiriladi.
17. Ta’lim kreditlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit
tavakkalchiliklarini o‘zaro taqsimlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Bosh
bitimga muvofiq tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘larining 50 foizini
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga garov depoziti sifatida qo‘yish
bo‘yicha tijorat banki va Moliya vazirligi o‘rtasida garov shartnomasi (keyingi
o‘rinlarda – garov shartnomasi) tuziladi.
Dostları ilə paylaş: