29
24. Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar ta’lim tashkilotlariga tijorat banklari
tomonidan ta’lim krediti shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda o‘quv yili mobaynida
o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini belgilangan tartibda, teng ulushlarda
to‘rt qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Tijorat banklari kredit oluvchining yozma arizasiga asosan to‘lov-kontrakt
asosida o‘qish haqidagi shartnomasida (kontraktida) nazarda tutilgan hollarda
o‘qishning yarim yil yoki to‘liq bir yil uchun to‘lov summasini biryo‘la amalga
oshirishi mumkin.
25. Tijorat banklari Moliya vazirligidan jalb qilingan, biroq kredit oluvchi
tomonidan ta’lim kreditining o‘zlashtirilmagan qismi miqdordagi mablag‘larni
24-bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan mos muddatlardan so‘ng uch ish kuni
mobaynida Moliya vazirligiga qaytaradi.
26. Kredit oluvchining tijorat bankidan olgan ta’lim krediti bo‘yicha muddati
o‘tgan foiz qarzdorligi mavjud bo‘lsa yoki muntazam ravishda to‘lov muddatini
o‘tkazib kelgan bo‘lsa, tijorat banki ta’lim krediti shartnomasida belgilangan
tartibda kredit oluvchiga to‘lov-kontraktning navbatdagi qismi bo‘yicha yoki
keyingi yillar uchun ta’lim kreditini ajratishni rad etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: