22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari asosida vazirlik
va idoralarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan tashqari
jamg‘armalariga ajratmalarni amalga oshirishga;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy
rag‘batlantirishga (ustama, mukofot) va ularga moddiy yordam ko‘rsatishga;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini
ijtimoiy
muhofaza qilish doirasida bir yilda bir o‘quvchiga eng kam ish haqining olti
barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la moddiy yordam ko‘rsatishga;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi faoliyatini amalga oshirishini
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa xarajatlarni qoplashga.
51. Xarajatlarni amalga oshirishda mablag‘lar birinchi navbatda ish haqi
va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda energiya
resurslari va kommunal
xizmatlarning haqini to‘lash maqsadlariga yo‘naltiriladi.
52. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qitishning kontrakt
shaklidan tushgan mablag‘lari Byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi
tarkibiga kiritilmaydi.
53. O‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan va vaqtinchalik bo‘sh turgan
mablag‘lar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining moliyaviy barqaror va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan
banklarining depozit hisob varag‘lariga tanlov asosida joylashtirilishi mumkin.
Olingan foiz daromadlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining
o‘qitishning kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lari daromadlar va xarajatlar
smetasiga kiritiladi hamda mazkur Nizomning 50-bandida nazarda
tutilgan
maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
54. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan o‘qitishning
kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar va ular sarflanishining buxgalteriya hisobi
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
55. Har yili o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qitishning
kontrakt shaklidan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha kalendar yilga daromadlar va
xarajatlar smetasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi hamda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli
vazirlik yoki idoraga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
56. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qitishning kontrakt
shaklidan tushgan mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalariga
o‘zgartirishlar, kalendar yil davomida o‘qitish uchun to‘lov miqdori, ish haqi
miqdori,
va kommunal, ekspluatatsiya xizmatlari va energiya resurslari narxlari
hamda tariflarining miqdorlari o‘zgarganda, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi muassasalari takliflari asosida belgilangan tartibda kiritiladi.
57. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning kontrakt
shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish
23
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va
shtat
jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizomga (ro‘yxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga
muvofiq amalga oshiriladi.
58. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan o‘qitishning
kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlarning
hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy
hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalarga (ro‘yxat
raqami 2270, 2011-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari
to‘plami, 2011-y., 39-son, 408-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
59. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qitishning kontrakt
shaklidan tushgan mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarining
bajarilishi haqidagi choraklik va yillik hisobotlarni bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli
vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: