Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni va oliy ta’lim sohasidagi boshqa qonunchilikka muvofiq oliy ta’lim
muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish
tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat
boshqaruvi akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga oliy harbiy
hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
2
1
. Xorijiy fuqarolarning o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish (tiklash) suhbat
asosida amalga oshiriladi. Ularning to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori
qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
3. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash
va o‘qishdan chetlashtirish tartibi hamda bu boradagi komissiyalar faoliyatining
shaffofligini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda oliy
ta’lim muassasalarning saytlarida alohida ma’lumotlar bazasi tashkil etiladi.
Ma’lumotlar bazasi mazkur Nizom, hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladigan
oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati va ularga topshiriladigan hujjatlar namunalari,
xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun
sinovlarni o‘tkazish muddatlari, manzili aks ettirilgan jadvaldan tashkil topadi.
47
2-bob. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish