45
V. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish,
qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish,
qayta tiklash va
oʻqishdan chetlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
15-iyundagi PQ–279-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
20-iyundagi 393-son qarorida belgilangan tartiblarga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan
reytinglarda birinchi 1 000 ta oʻrindan birini egallagan) oliy taʼlim tashkilotlaridan
davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga
koʻchirishda:
talabadan alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy
(ijodiy) imtihonlar, boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.
Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy taʼlim
muassasasi tomonidan, test
sinovlari Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻyicha oʻtish ballari har yili
15-iyulga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim
muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test
markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi;
oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar bakalavriatga
qabul qilishdagi
tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi
hamda tegishli oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
2. Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan
davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga
koʻchirishga ruxsat etilmaydi.
3. Davlat oliy taʼlim muassasasining biridan boshqasiga talabalar oʻqishini
koʻchirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi
doimiy yashaydigan
hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;
davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush
oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish
uchun murojaat
qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
4. Talabalar oʻqishini respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat
oliy taʼlim tashkilotlaridan:
davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga
koʻchirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;
davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim
yoʻnalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi
46
uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning
minimal miqdoriga teng
boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.
5. Sport musobaqalari gʻolibi sifatida imtiyoz bilan oliy taʼlim muassasalariga
davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan hamda kunduzgi taʼlim shaklida tahsil
olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi taʼlim
shaklidagi mos va turdosh taʼlim yoʻnalishiga (sirtqi taʼlim shakli mavjud boʻlgan
taqdirda) davlat granti asosida koʻchirishga ruxsat beriladi.
Yuqorida qayd etilmagan holatlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim
muassasalari talabalari
oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga muvofiq tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: