O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


§ 3. Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

§ 3. Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish
Sog'liqni saqlash-bu jamiyat a'zolari sog'lig'ini himoya qilish va yaxshilash bo'yicha davlat 
tomonidan olib borilgan iqtisodiy va tibbiy tadbirlar majmuidir.
Sog'liqni saqlash tizimi bu davolash va dori-darmon etkazib beruvchi muassalarining 
barchasini o'z ichiga oladigan ijtimoiy-sohaning muhim tarmog'idir. Bu muassalarining holatiga inson 
salohiyatini rivojlanishi bevosita bog'liq bo'ladi. Inson sog'lig'i, insoniy salohiyat mamlakat iqtisodiy 
rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Hozir Respublika aholisiga davlatga qarashli 1050 
kasalxona va 3594 ambulatoriya-poliklinikasi tibbiy yordam ko'rsatmoqda. 2000 yili O'zbekistonda 
«Sog'lom avlod yili», 
deb e'lon qilindi va tibbiy muassasalarning faoliyatini yaxshilaydigan, axoliga 
tibbiy xizmatlar sifatini yanada ko'taradigan katta ishlar amalga oshirildi. 
O'zbekiston 
Respublikasida zamonaviy, yuksak jahon talablariga javob beradigan tashxis qo'yish va 
davolash tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, yuqori malakali vrachlar va o'rta tibbiy 
xodimlari bilan ta'minlangan s hoshilinch tibbiy yordamning yaxlit tizimi yaratilgan va faoliyat 
ko'rsatayapti.
O'zbekiston ulkan insoniy salohiyatga ega bo'lgan mamlakatdir. "Inson salohiyati eng faol, eng 
bunyodkor omil bo'lib, - deydi Prezidentimiz, - u mamlakatning islohatlari va tub o'zgarishlar yo'lidan 
tinimsiz ilgarilab borishini ta'minlab beradi". Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi
bilan belgilanuvchi mazkur omil, o'z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qiluvchi 
rol o'ynaydi.
Respublika aholisi 2004 yilning boshlanishiga 26,0 mln. kishidan oshdi. Bundan 37,2% shahar 
va shaharchalarda 62,8% qishloqlarda yashaydi. O'zbekistonning muhim xususiyati shundan iboratki, 
bu erda aholining o'sish sur'atlari yuqori. 1990-2003 yillarning o'zida mamlakatimiz aholisining soni 
salkam 24,0%) ga ko'paydi. Aholi sonining o'rtacha yillik o'sish sur'ati ana shu yillarda 1,8%) ni tashkil 
etdi yoki yiliga 400 ming kishidan sal ko'proqqa o'sdi.
O'zbekistonga dunyo aholisining 0,4%)i to'g'ri kelgani holda, u jahon aholisi tabiiy o'sishining 
0,5%) ni ta'minlaydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin