Shirkatchilik ham tadbirkorlikni yo'lga qo'yishning oddiy shaklidir. Biroq u ko'proq
qonun yo'li bilan boshqarib turiladi. Bundan tashqari sheriklar o'rtasida; muammolar, xuddi uchinchi
tomon bilan sheriklarning o'zaro munosabatlari muammolari singari vujudga keladi.
Tadbirkorlikning korporatsiya shakli, «koфoratsiya»
degan
so'z
Amerika
huquqshunosligida keng qo'llaniladi. AQShda korporatsiyalar o'rtasida, shuningdek shaxslar,
muassasalar, bir yoki bir kecha kishining xoxishi b ilan o'z oldilaridagi maqsadga erishish uchun
tuzilgan va odatda tadbirkorlik tusida bo'lmagan idoralar o'rtasida farq bor deb hisoblanmaydi. Keng
ma'noda olganda AQShda muayyan davlat vazifalarini amalga oshiradigan munitsipial tashkilotlar,
foyda olishni maqsad qilib qo'ygan diniy jamoalar, ilmiy, o'quv, madaniy, tibbiyot muassasalari va
tijorat kompaniyalari korporatsiyalari mavjud.
Respublika to'lig'icha mustaqil bo'lishi uchun iqtisodiy mustaqillikka ega bo'lishi va
tadbirkorlikni keng ko'lamda rivojlantirishi shart. Bunga esa osonlikcha erishib bo'lmaydi, chunki
meros bo'lib qolgan iqtisodiy munosabatlar bu ishda to'g'anoq bo'lishi tabiiy. Shunday bo'lsada,
tadbirkorlikni nvojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublikamizda
iqtisodiyotni tez nvojlantirish imkoniyatini yaratadi.
Tadbirkorlikni rivojlanishi chet el investitsiyalarining kirib kelishi uchun shart-sharoitlar
mavjud bo'lishini taqozo qiladi, aholi tadbirkorlik yo'llarini ulardan o'rganadi.
Xususiy tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama rag'batlantirish, mayda ulgurji va oilaviy
asosdagi savdo tizimlarini nvojlantirish imkoniyatini beradi.
Naqd chet el valyutalarini va MDH mamlakatlari pul belgilarini O'zbekiston Respublikasi
fuqarolari va xorijiy fuqarolar tomonidan respublikaga keltirish ko'payadi.
101