Ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini miqdor va sifat jihatidan o'sish sur'atlari tahlil qilinadi O'zbekistondagi izchil iqtisodiy siyosat, o'tmishdan meros qolgan qiyin og'ir ahvoldan tezda
chiqib ketish va muttasil rivojlanish tufayli MDH davlatlari orasida 2004 yildayoq 1990 yilgi darajaga
etish imkoni yaratildi. Vaholanki, ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya 2001 yili 1990 yilgi darajaning
64%, Ukraina 46%), Qozog'iston -72%), Qirg'iziston 69%)ga erishdi xolos.
MDH mamlakatlari orasida O'zbekiston iqtisodiy tanglikdan eng kam talofatlar bilan chiqdi, u
boshidan kechirgan iqtisodiy tushkunlik davri eng qisqa bo'ldi. O'zbekistondagi iqtisodiy
yangilanishning muhim va e'tiborli yana bir tomoni borki, u ham bo'lsa, meros qolgan an'anaviy
tamoyillardan tashqari, iqtisodiy islohotlar yuzaga chiqargan yangi omillarga ham tayanildi.
Iqtisodiy o'sish keyingi 5 yilda bir me'yorda 4,0-4,5%) atrofida bo'ldi, chunki u ishonchli ichki kuchlarga
tayandi, ular barqaror va ishonchli bo'lganidan tashqi kuchlarning iqtisodiyotimizga ko'rsatgan salbiy
ta'sirini sezilarli darajada kesa oldi. Shu sababli, jahon bozorida
paxta, oltin va mis narxining jiddiy pasayishiga qaramay, O'zbekiston iqtisodiyotining o'sish sur'atlari barqaror bo'lib, jon boshiga
tovar va xizmatlar yaratish yiliga 3%) va undan ham yuqoriroq darajani tashkil etmoqda. Boshqa MDH mamlakatlaridan farqliroq, O'zbekistonda sakrab o'sishga harakat qilingani yo'q.
Boshqalarda iqtisodiy o'sish xom-ashyo yoki yoqilg'i-energetika resurslarining jahon bozoridagi
narxiga qarab, bir yuqorilab, bir pasayib turadi. Iqtisodiy o'sish birdaniga 10-12%)ga qadar yuqorilab
borsa, so'ngra pasayib 2-3%)ga qadar tushib ketadi.
O'zbekistonda iqtisodiyotning jahon bozori konyunkturasiga bog'liq tomonlari bilan birgalikda
unda holi bo'lgan sohalari ham rivoj topmoqda, ular mamlakat ichki bozori uchun ishlaydi va tez
sur'atlarda rivojlanib boradi, tashqi bozorga qaramlik kuchsizlanishi esa, uning barqarorligini
kafolatlaydi. Ammo, globalizatsiya sharoitida eksportga ishlash zarur bo'ladi, chunki eksporti yo'q
mamlakatning kelajagi bo'lmaydi.