takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan takror
ishlab chiqarishni asosiy nisbatlari, ya'ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va iste'mol buyumlarini ishlab chiqarish o'rtasidagi, iste'mol va jamg'arish o'rtasidagi o'zaro nisbatlardir. Takror ishlab chiqarish
tuzilishi
iqtisodiy o'sishning imkoniyatlarini ifodalovchi ko'rsatkich hisoblanadi.
Iqtisodiyotning
hududiy tuzilishi ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining hududiy jihatlarini
aks ettiradi va alohida hududlarning umummilliy ko'rsatkichlardagi hissasini aniqlaydi. U butun
mamlakat bo'yicha turmush sharoitini barqarorlashtirish maqsadida aniqlanadi va tadqiq qilinadi.
Ma'lumki, ma'muriyjihatdan O'zbekiston 12 viloyat va 1 ta avtonom respublikadan iboratdir. Unda
119 ta shahar, 163 ta qishloq
ma'muriy tumanlar mavjuddir.
Iqtisodiy rayonlashtirish belgilari bo'yicha mamlakatimiz
6 ta iqtisodiy regionga bo'linadi: 1. Toshkent iqtisodiy regioni. U Toshkent viloyati va Toshkent shahri hududlaridan iboratdir.
Bu regionga respublikani 3.5% maydoni va 18.5% aholisi to'g'ri keladi.Bu region o'rta hisobda
Mamlakat milliy daromadini 25.9%) va 32.5%) sanoat mahsuloti ishlab chiqaradi.
2.
Ishlab chiqarish potentsiali bo'yicha ikkinchi o'rin
Farg'ona iqtisodiy regioniga to'g'ri keladi.
Bu region Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarini o'z ichiga o ladi va 19.2 ming m^
territoriyaga egadir, yoki 4.3%) respublika hududini egallaydi. Unda aholini 27.6%) yashaydi. Bu
region O'zbekiston milliy daromadining 26 %)ini, sanoat mahsulotini 31.5%) ini, 36.8%) qishloq
xo'jalik mahsulotini, 28.3%) tovar oborotini ishlab chiqaradi.
3.
Markaziy iqtisodiy region o'z ichiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarini o'z ichiga
oladi. Bu region hudud jihatdan eng katta va kengdir. U respublikaning 37%) hududini egallaydi,
aholi soni jihatidan 19.9%), milliy daromadini 18.6%), sanoat mahsulotini - 14.6%), qishloq xo'jahk
yalpi mahsulotini - 20.8%) ini ishlab chiqaradi.
4.