4-bob. Milliy iqtisodiyot tarkibi va uni takomillas htirishning asosiy yo'nalis hlari § 1. Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari.
§ 2. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish.
§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari.
§ 1.
Milliy iqtisodiyot takibi, uning mazmuni va asosiy shakllari Iqtisodiyot murakkab va ko'p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq funktsiyani bajaradigan va
shuning bilan birga boshqa bo'g'inlar xarakatini ta'minlaydigan keng tarmoqli turli xil bo'limlar
tizimidan iborat. Shuning uchun iqtisodiyotning tarkibi doimo rivojlanishda va takomillashtirishda
bo'ladigan murakkab organizmdir.
Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma'lum omillar ta'sirida yuzaga kelgan ijtimoiy
takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati
tushuniladi.
Ma'lumki, Markazlashgan
bos hqaruv tizimida muayyan mamlakat iqtisodiyoti "xalq ho'jaligi" iborasi bilan ifodalanar edi. Bunday yondoshuvda mamlakat iqtisodiyoti ikki sohaga,
ya'ni:
■
Ishlab chiqarish
■
Noishlab chiqarish sohalariga bo'lingan xalq xo'jaligi tarmoqlari tasnifiga asoslanar edi.
Ishlab chiqarish sohasi:
Sanoat;
qishloq xo'jaligi;
o'rmon xo'jaligi;
qurilish;
yuk transporti;
ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa;
moddiy texnika ta'minoti;
savdo va tayyorlov tashkilotlari;
umumovqatlinish korxonalari;
boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari;
I. Noishlab chiqarish sohasi: ■
uy-joy kommunal xo'jaligi va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish;
■
sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta'minot;
■
xalq ta'limi;
■
madaniyat va san'at;
■
moliya, kredit va davlat sug'urtasi;
■
boshqarish;
■
mudofaa;
■
xar xil noishlab chiqarish faoliyatlari.
Xalq xo'jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma'muriy buyruq bilan boshqarish
sharoitida vujudga kelgan bo'lib, xaddan tashqari markazlashgan rejalashtirish uslubiga asoslangan
edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmaydi. Chunki unga asoslanib:
■
noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni aniqlash;
■
tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o'rganish;
28
■ tadbirkorlikning yangi strukturasiga old ko'pgina ko'rsatkichlarni aniqlash imkoniyati
bo'lmaydi.