Er davlatniki, uni jamoa va davlat xo'jaliklariga foydalanish uchun berib qo'yilgani sababli,
xarid narxini belgilas h davlat monopoliyasi bo'lib keldi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlariga
belgilanadigan
xarid narxlari uzluksiz ravishda industrial ishlab chiqarish vositalariga
belgilanadigan sanoat ulguiji narxlaridan, ana shu qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan ishlab
chiqariladigan xalq iste'moli mollariga belgilanadigan
davlat chakana baholaridan uzluksiz orqada qolib ketdi. Bu uzoq yillar davomida shakllanib kelgan
boshqa tarmoqlarni agrar soha hisobiga rivojlantirishni ta'minlab keldi. Qishloq xo'jaligida xususiylashtirish, ayniqsa, erni sotish va sotib olish ob'ektiga aylantirish
masalasi ancha murakkab masaladir.
O'zbekistonda hamisha
dehqon er egasiga emas, erning o'ziga biriktilgan. Rossiyada esa
krepostnoy dehqon pomeshchikniki bo'lib kelgan. Birgina shu xodisaning o'zi ham xususiy
mulkchilik erga egalik qilishning yagona shakli bo'la olmasligini ko'rsatadi.
Xo'sh, unda nima qilish kerak? Erdan foydalanishning biz uchun samarali qanday usullari,
shakllari bor? Bu xaqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb yozadi:
"Qishloqda bozor mexanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohiblik hissini uyg'otish mulkchilik
munosabatlarini takomillashtirish, jamoa xo'jaliklarning o'zida ijara munosabatlarini takomillashtirish,
erni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanis hga berib qo'yish orqali, dehqon fermer hamda shaxsiy yordamchi xo'jaliklarni keng rivojlantirish asosida ro'y berishi lozim". Dehqonchilikda oilaviy pudrat shaklini qo'llash, daromadni taqsimlashda paychilik usulidan
foydalanish, pay orqali mulkka egalik qilish, daromad olish, shartnoma asosida ishlash bugungi kunda
maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan mamlakatlarda aholining