kimyo sanoati qishloq xo'jaligining o'g'itlarga bo'lgan ehtiyojlarini to'la qondirish quvvatiga ega. Ekinlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o'tlardan himoya
qilishning kimyoviy vositalari bilan birga, paxtachilikda biologik himoya usulidan ham foydalaniladi.
O'zbekistonda 756 ta biolaboratoriya, trixogramma etkazib beruvchi mexanizatsiyalashgan liniyalar
ishlaydi. Respublikada qishloq xo'jaligiga agrokimyoviy xizmat ko'rsatishni davlat-aktsionerlik
birlashmasi "O'zagrokimyota'minot" olib boradi.
Respublikada mavjud qishloq xo'jaligi texnikasi parkidan oqilona foydalanish, uni ishlatish
xarajatlarini qisqartirish maqsadida tumanlarda mulkchilikning barcha shakllaridagi
mashina-traktor parklari (MTP) tashkil etilgan. Bu parklar xo'jaliklaridagi mashina va mexanizmlami keyinchalik
sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi yoki qishloq xo'jaligi texnikasi xo'jaliklardan qoldiq qiymat
bo'yicha mashina-traktor parklari balansiga beriladi va erlarni ek ishga tayyorlash, qishloq xo'jaligi
ekinlariga ishlov berishga hosilni yig'ib-terib olishga doir mexanizatsiyalashgan ishlarni
xo'jaliklar bilan shartnomalar bo'yicha bajaradi.
Respublika qishloq xo'jaligining
ilmiy bazasi etarli darajada rivojlangan. Ilmiy izlanishlar
natijasida asosiy qishloq xo'jaligi ekinlarining tezpishar, serhosil navlari yaratildi va ishlab chiqarishga
joriy etildi. Ilmiy tekshirish institutlari, tajriba stantsiyalari, tayanch punktlari tarmoqlari
rivojlantirildi.Qishchloq xo'jaligin i malakali mutaxasislar bilan ta'minlaydigan oliy va o'rta maxsus
bilim yurtlari tashkil etildi. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi vazirligi ilmiy markazining 17 ilmiy
tadqiqot instituti, ularning 12 filiali,15 tayanch punkti, 9 ta ekspremental bazasi va 50 ga yaqin boshqa
67
bo'limlanda qishloq xo'jaligi, o'rmon va agrosanoat majmuining turli sohalanda nazariy va amaliy
ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etiladi.
Respublikamizda qishloq xo'jaligi sohasidagi