"Iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish
chora-tadbirlari to'g'risida"gi
Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil
24 martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi va boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish,
bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, xo'jaliklami nodavlat shakllariga
aylantirish,
mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoa mulki qilib berish yo'li bilan qishloq
xo'jaligida islohatlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo'jaliklari ishini yo'lga
qo'yishga keng imkoniyatlar ochib be rdi.
Chorva mollari zotini yaxshilash tadbirlari ishlab chiqildi.
Andijon, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida shirkat xo'jaliklari negizida qoramolchilik
naslchilik zavodlari,
Andijon, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida jamoa
xo'jaliklarida
naslchilik xo'jaliklari
tashkil etildi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi
ixtisoslashgan xo'jaliklarida zotli mollar etishtiriladigan va sotiladigan tayanch punktlar ishi yo'lga
qo'yildi. Kim oshdi savdosi orqali qora mollar xo'jaliklarga va aholiga sotildi.
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish bo'yicha
O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining
1998 yil 18- martidagi Farmoniga asosan
1998-2000 yillarga
mo'ljallangan qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
Dasturi ishlab chiqildi.
Qishloqda islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator tadbirlar belgilandi.
Qishloq xo'jaligini
moddiy va moliyaviy, texnikaviy jihatlardan qo'llab quvvatlash choralari ko'rildi.
Dostları ilə paylaş: |