O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Iqtisodiy siyosat
Maqsadlar
Vositalar
Barqaror iqtisodiy o'sish
Soliqlar
To'liq ish bilan band bo'lish
Subsidiyalar
Pul qadrini saqlab qolish
Foiz stavkasini o'zgartirish
Daromadlarni bir me'yorda taqsimlash
Inflyatsiyaga qarshi kurash choralari
Turmush darajasini oshirish va boshqalar
Daromadlarni nazorat qilish
Davlat mulki va tadbirkorligi, davlat 
buyurtmalari va iste'mol
Davlatning ixtiyorida kuchli moliyaviy vositalar mavjud. Shulardan 
eng muhimi soliqdir.
Soliqlar har qanday ishlab chiqaruvchilar va oddiy fuqarolarning xarajatiga kiradi. Davlat soliqlami 
oshirsa, xarajatlar ham oshadi, binobarin, bu foydani qisqartiradi, natijada ishlab chiqarishni o'stirishda 
manfaatdorlik kamayadi. Soliqlar kamaytirilsa, xarajatlar pasayib, foyda ko'payadi. Bunda 
manfaatdorlik kuchayishi bilan birga ishlab chiqarishga foydaning reinvestitsiyalash (qayta qo'yish) 
imkoni ham kengayadi. Masalan, firma soliqning hammasini to'lagan sharoitida 100 mln. so'mni 
investitsiya eta oladi, buning natijasida ishlab chiqarish kengayib qo'shimcha 60 mln. so'mga teng 
mahsulot yaratiladi. Agar firmaga soliqdan imtiyoz berilsa, u 120 mln. so'mni investitsiyaga sarflaydi, 
natija maxsulot ishlab chiqarish 72 mln. so'mga etadi. Demak, soliq imtiyozi tufayli mahsulot 12 mln. 
(72-60=12) so'mga ko'payadi.
Fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keltirgan Yangi ishlab chiqarish sohalari borki, ulami jadal o'stirish 
talab qilinadi. Bu sohalarda chiqarilgan tovarlar bozorbop bo'lib, tez sotiladi va katta foyda keltiradi. 
Bu mahsulotlar sanoatning boshqa sohalarida ishlatilganida ham katta naf beradi. Masalan, yonilg'ini 
tejovchi, o'tga chidamli dvigatellar ishlab chiqaruvchi korxonalarga soliqdan engillik berilsa, ulaming 
xarajatlari soliq hisobidan kamayadi. Natijada dvigatellarni ishlab chiqarish va ommaviy qo'llanishi 
ko'payadi, ular iqtisodiy o'sishga olib keladi.
Soliqlar o'z-o'zidan emas, balki muqobil tanlov qoidasini ishga solish orqali iqtisodiy o'sishni 
rag'batlantiradi.
Davlat soliqlardan tadbirkorlikni, hayr-ehson ishlarini, eksport- importni, xorij kapitalining kirib 
kelishini rag'batlantirish uchun ham foydalanadi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi qonunlariga
118


ko'ra yangi ochilgan kichik firmalar, fermer xo'jaliklari ma'lum muddat davomida(ikki yil) soliqdan 
ozod qilinadi. Xayriya ishlariga sarflangan daromadlardan ham soliq olinmaydi. Eksportbop tovar 
ishlab chiqaruvchi korxonalar ham soliq imtiyozlari oladilar.
Davlat firmalarga soliq krediti beradi. Bunda soliq to'lash muddati kechiktiriladi, ya'ni soliq puli 
kreditga (qarzga) aylantiriladi va uni investitsiya uchun ishlatiladi. Masalan, korxona har yili 5 mln. 
so'm soliq to'lashi kerak. Bu soliq 5 yil muddatga foiz to'lanmaydigan imtiyozli kreditga aylantiriladi, 
natijada korxona 25 mln. so'mni ishlab chiqarishga yo'llab uni o'stiradi va soliqni topgan pulidan 5 
yildan so'ng to'laydi. Soliqlar iqtisodiy vaziyatga qarab o'zgartirilib turiladi. Iqtisodiy tanglik bo'lganda 
investitsiyani rag'batlantirish maqsadlarida soliqlar kamaytiriladi. Iqtisodiy o'sish sharoitida soliqlami 
oshirish mumkin, chunki yaxshi foyda ko'rilgan sharoitda ulami to'lash og'irlik qilmaydi va 
investitsiyalash imkoniyati katta bo'ladi.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartiblashning yana bir muhim vositasi 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin