O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

asosiy 
vositasi 

bozor mexanizmidir. 
Agar bozor mexanizmi iqtisodiyotni nuqsonsiz tartiblab turganida edi, 
tanglik va iqtisodiy beqarorlik hech yuz bermagan bo'lar edi. Holbuki, bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlarida tanglik va inqirozlar uchrab turadigan hodisalardir. Demak, 
bozor mexanizmi 
muvozanatni to'la-to'kis va nuqsonsiz ta'minlay olmaydi, shu sababdan davlat iqtisodiyotni 
albatta tartiblashi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy (sotsial) tengsizlik ya'ni boylar va qambag'allar mavjud. 
Ularning o'rtasida nizo chiqmasligi uchun davlat aholining nochor qatlamlariga ijtimoiy yordam 
berishdek vazifani o'z zimmasiga olishi kerak bo'ladi. 
Jamiyatda hamma bahramand bo'ladigan 
xizmatlar bor. 
Ular jumlasiga 
umumiy ta'lim, sog'liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, 
mamlakat xavfsizligini ta'minlash, yurtni obod qilish, ijtimoiy tartibni saqlash 
va boshqalar 
kiradi. Bu sohalar g'oyat serxarajat, lekin bevosita foyda olish imkonini bermaydi. Shu sababli ularga 
firmalar qo'l urmaydi. Bu ish hammaga zarur bo'lgani uchun mazkur sohalarni davlat o'z qo'liga oladi. 
Demak, 
davlat iqtisodiy vazifani bajarishi turgan gap.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini o'z me'yori bor. Iqtisodiyot muttasil o'sib borayotgan 
sharoitda davlat bozor mexanizmiga xalaqit bermaslik uchun iqtisodiyotga kamroq aralashadi. Bozor 
mexanizmi yaxshi ish bermay, iqtisodiy qiyinchiliklar kuchaygan sharoitda davlat iqtisodiyotga 
faolroq aralashadi va uning tanglikdan chiqib, yaxshi ishlab ketishiga ko'maklashadi. Masalan, 50-70 
yillarda §arb mamlakatlarida iqtisodiy inqirozlar tez-tez bo'lib turganda davlat iqtisodiyotga o'z 
siyosati bilan faol aralashgan. 80-yillarning o'rtalaridan boshlab bozor mexanizmi yaxshi ishlab 
ketganligi uchun davlat iqtisodiyotga kamroq aralashish yo'liga o'tdi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin