O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

birinchidan, 
kredit olishni engillashtiradi, qarz berishning xatari kam bo'ladi, 
ikkinchidan, 
pulga uning qadri pasayib ulgurmasdan resurs olib ishlab chiqarishga joylashtirish 
mumkin. Inflyatsiyani davlat naqadar jilovlay olishiga qarab iqtisodiyotda o'zgarish yuz beradi.
Kredit siyosati
Iqtisodiyotga kuchli ta'sir etuvchi vosita - bu foiz stavkasidir. Bozor qoidasiga ko'ra foiz 
kamaysa, qarz puliga talab oshadi, binobarin, kredit ko'proq olinadi va ko'proq ishlab chiqarishga 
qo'yiladi. Kreditning iqtisodiy o'sishga aloqadorligini hisobga olgan holda davlat uni arzonlashtirish 
choralarini ko'radi. Davlatning qo'lida katta pul to'planadi, bu pul bankka qo'yiladi va ishlatilishiga 
qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifmi 
ko'paytiradi va bu foizni kamaytiradi.
Davlat bo'sh turgan pulning tarkibini o'zgartirish orqali bozordagi pulga bo'lgan talab va 
taklifni o'zgartirishga erishadi. 
Bo'sh pullar hozir qarz berish uchun ajratilga n va zaxiradagi 
kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo'linadi. 
Zaxiradagi rezerv pulning kamayishi taklif etilgan 
pulning ko'payishini bildiradi va, aksincha, uning ko'payishi pul taklifmi qisqartiradi. Odatda kredit 
resursining 20 foizi zahirada bo'lsa, 80 foizi bevosita kredit ishiga ajratiladi, ya'ni sotishga qo'yiladi. 
Davlat shu nisbatni o'zgartiradi. U pul rezervini qisqartirish hisobidan uning kredit sifatida taklifmi 
ko'paytiradi. Natijada foiz pasayadi, binobarin kredit arzonlashganidan uni ko'proq olib, investitsiya 
uchun ishlatish qulay bo'ladi.
Davlat kredit resursiga o'zi nomidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlami, chunonchi, aktsiya,
obligatsiya, xazina majburiyatlarini sotish orqali ta'sir etadi. Bu qog'ozlar sotilganda bo'sh pullar
davlat olgan qarzga aylanib qoladi va ular kredit sifatida berilmaydi. Natijada kredit taklifi qisqarib ,
foiz o'sadi. Davlat bu qog'ozlarni qaytadan sotib olganda o'z qarzini uzgan bo'ladi, uning qo'lidagi
pul qimmatli qog'ozlarni sotganlar qo'liga o'tib, bo'sh pulni ko'paytiradi, binobarin, pulning kredit
sifatida taklifmi oshiradi. Natijada foiz pasayib, kredit arzonlashadi. Masalan, mamlakatda 50 milliard
so'm bo'sh pul bo'lib, kredit resursi sifatida xizmat qiladi. Yaratilgan milliy maxsulot 500 milliard
so'mga teng. Bir so'm investitsiya 0,5 so'mga teng qo'shimcha maxsulot beradi. Davlat 20 milliard
so'mga teng qimmatbaho qog'ozlarni sotganda bo'sh pul shu summaga qisqarib, 30 milliard so'mga
tushadi. Bu pul kredit orqali investitsiyalanganda 15 milliard so'mga teng iqtisodiy o'sish beradi, ya'ni 
Agar davlat oldin chiqargan qimmatli qog'ozlar sotib olish uchun 10 milliard so'm sarflasa, 
kredit resursi shu miqdorda ko'payib 60 milliard so'mga etadi. Bu esa kreditni arzonlashtiradi. 
Investitsiyalangan kredit puli 2 marta ko'p bo'ladi (50+10:30=2). Bu esa milliy maxsulotni 30 milliard 
so'mga (60:2=30) oshiradi, ya'ni iqtisodiy o'sish 6 foizni (30x 100:500=6%) tashkil etadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin