3-bob. Milliy boylik. Fan-texnika taraqqiyoti
§ 1. Milliy boylik tushunchasi, uning tarkibi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari. § 2.
Fan-texnika taraqqiyoti, uning mohiyati. Yangi texnika va texnologiyaning iqtisodiy
samaradorligi.
§ 1.
Milliy boylik tushunchasi, uning tarkibi milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari
Boylik,
degan tushuncha iqtisodiy nazariyada keng qo'llaniladi. Birinchi marta
boylik
degan
tushunchani angliyalik iqtisodchi A.Smit kiritgan. U yaratilgan mahsulotlaming jamg'arilishi boylik
deb atagan va uni ishlab chiqaruvchilar mehnati oshiradi deb uqtirgan. 1664 yilda ingliz olimi Uilyam
Petti milliy boylikni hisoblagan olimdir. U birinchi marta boylikning
otasi mehnat, onasi esa erdir,-
degan.
Xozirgi zamon nazariyotchilari ham yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish resursiga aylanib,
boylik hosil etishini e'tirof etadilar. Milliy boylik yoki ijtimoiy boylik umumiqtisodiy kategoriyadir.
Ishlab chiqarish bor joyda milliy boylik vujudga keladi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida yaratilgan va jamg'arilgan moddiy,
nomoddiy va intelektual boyliklar hamda tabiat inomlaridan iboratdir.
Milliy boylik o'z ichiga moddiy va nomoddiy ne'matlarni, yaratilgan san'at asarlarini intelektual
salohiyatni, hamda barcha tabiat resurslari va boyliklarini oladi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1.
Moddiy buyumlashgan boylik:
2.
Nomoddiy boylik:
3.
Tabiiy boylik:
Moddiy buyumlashgan boylik
ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi hisoblanadi.
и ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarni joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini
jamg'arish
Dostları ilə paylaş: