§ 2. O'zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o'tish va milliy iqtisodiyotni shakllanishi. 1991 yil 31 avgust kuni Toshkent shaxrida Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari
sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonni davlat mustaqilligi e'lon qilindi. Oliy Kengashning
Respublika davlat mustaqilligi haqidagi arizasi qabul qilindi. Maxsus qaror bilan O'zbekiston SSR
«O'zbekiston Respublikasi» , deb ataladigan bo'ldi.
1 sentyabr-Mustaqillik kuni, deb belgilandi.
O'zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida qonun qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi
unitar davlat bo'lib, davlat hokimiyati hokimiyatning taqsimlanish
nazariyasiga binoan mustahkamlangan.
Unitar davlatda davlat tuzilishi shakli, davlat xududi
tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, erlar) bo'lmaydi, balki
u ma'muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, va hokazo) ga bo'lingan bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi hududiy jihatdan bo'linmas yagona davlatni tashkil qiladi. Uning
tarkibiga Qoraqalpog'iston Respublikasi, 12 ta viloyatlar, 163 ta tumanlar, 119 ta shaharlar, qishloqlar
va ovullar kiradi.
Maydoni - 447,4 ming kv. km,
aholisi - 24,8 mln* kishi, undan 9358,7 ming kishi
yoki 37,9 % shahar, 15502,0 ming kishi yoki 62,1 % qishloq aholisini tashkil qiladi. 1 km^ ga to'g'ri
keladigan axoli soni 53,3 kishidir. Qishloq xo'jaligiga yaroqli erlari - 27,9 mln.ga, shundan sug'orishga
yaroqli erlar 5 mln.ga, sug'oriladigan erlar 4,2 mln. ga ni tashkil qiladi.(Jumal. «Biznes kurer» №31.
2003 у 23 oktyabr 6 bet)
•
1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i tasdiqlangan;
•
1992 yil 2 mart O'zbekiston Respublikasi BMTiga a'zo bo'lib qabul qilingan;
•
1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan;
•
1992 yil 8 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan;
•
1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan;
• 1994 yil 1 iyulda O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasi muomalaga kiritilgan.