65% ini O'zbekiston etkazib berdi. Paxta xom ashyosi juda arzon
narxlarda sotib olinar edi. Mustaqillikka erishgunga qadar O'zbekiston Ittifoqning asosiy paxta bazasi
bo'lib qoldi. Bu esa respublikani xom ashyo etishtirish bilan cheklab, bir yoqlama rivojlanishiga sabab
bo'ldi va juda ko'p salbiy oqibatlarga olib keldi,
paxta monokulturasini yakkahokimligini
mustahkamladi.
Respublika qishloq xo'jaligida paxta
yakka hokimligini keng qaror topishi oqibatida 1987
yilga kelib 2107,7 ming gektarga yoki sug'oriladigan ekin maydonining 60%) dan ko'prog'iga paxta
ekildi. Natijada ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi izdan chiqdi, mineral o'g'irlar, gerbitsidlar,
ayniqsa inson salomatligiga zararli bo'lgan
butifos ishlatilishi natijasida dehqonchilik qilinadigan
joylarda ekologik sharoitlar buzildi, erlarning meliorativ xolati yomonlashdi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish
xajmi natura va qiymat ko'rsatkichlarida ifodalanadi.
Natura ko'rsatkichlari ma'lum davr ichida bevosita mahsulot ishlab chiqarishining xajmini
aniqlaydi va u tonna, tsentner, litr va hokazolarda ifodalanadi.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi qiymat shaklida o'lchanadigan
Yalpi mahsulot ko'rsatkichida ifodalanadi.
O'simlikchilik mahsulotining Yalpi mahs ulot ko'rsatkichi barcha qishloq xo'jaligi ekinlaridan olingan yalpi hosilga tugallanmagan ishlab chiqarishning o'sishi (kamayishi) va bog'lar, ko'p yillik o'simliklarni yaratish uchun ketgan xarajatlarni qo'shish yo'li bilan topiladi. Ayrim olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi hosildorlik darajasi va ekin
maydoniga bog'liq bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorlik darajasiga yangi sara urug'lar, ularning sifati,
ekinlarga mineral va maxalliy o'g'itlarni solish, o'simlikchilik madaniyatini oshishi, erlarni meliorativ
holatini yaxshilash kabi ko'pgina omillar ta'sir ko'rsatadi.
Qishloq xo'jaligi maxsulotlari etishtirish hajmi ekin maydonlariga ham bog'liqdir.
O'zbekistonda qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lgan er davlat mulki
hisoblanadi. Davlat qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadigan korxonalar va xo'jaliklarga, shuningdek
fuqarolarga muddatsiz yoki vaqtinchalik foydalanish uchun er ajratib beradi.
Davlatning er fondi barcha erlarni - haydalma erlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o'rmonzor,
qo'riq va bo'z erlar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan erlarning jamini o'z ichiga oladi. Qishloq
xo'jaligi maxsulotini etishtirishning asosi bo'lib haydaladigan erlar hisoblanadi.
O'simlikchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning