35
qaratish, bir nuqtaga to„plash demakdir. Diqqat o„ziga alohida bilish jarayoni emas,
balki bilish jarayonlarning aktiv borishi va sifatli bo„lishi
uchun zarur shartdir,
xolos. Ba‟zi psixologlar (masalan G.A.Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga
qo„shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o„ziga alohida bir ko„rinishi ekanligini
keyinroq yaqqol anglashiladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo„shish
mumkin.
Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan,
fikr yuritayotgan
narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko„nglidan kechayotgan har xil yoqimli va
yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg„ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga)
kiradi.
Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg„u his qilamiz, do„stlik,
vatanga
muhabbat his qilamiz, urush olovini yoquvchilarga qarshi g„azab xis qilamiz.
Odamning emotsional tuyg„ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bog„liq
bo„ladi. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan
va fikr yuritayotgan
narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati hissiyotda o„z
ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: