138
16-MAVZU. CHET EL PSIXOLOGIYASIDA SHAXS NAZARIYALARI
Tayanch tushunchalar:
shaxs, biogenetik nazariya, sotsiogenetik nazariya,
shaxs shakllanishi va rivojlanishi, G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. Shaxs
nazariyasining asosiy konsepsiya va qonuniyatlari. Ekstravert va introvertlar
o„rtasidagi farqlar.
16.1. Shaxsni oʻrganishga turlicha yondashuvlar.
Chet el psixologlarining shaxs tuzilishining mohiyatini ochib berishga
qaratilgan ko‟pgina yondashuvlari ham yuksak ko‟rsatkichlarga erishmaganligi
tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o‟zgarish kiritilmadi. G.Ollport,
G.Myurrey, R.Linton, K.Rodjers, A.Maslou va
boshqa olimlarning yaqqol
shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tizimi yordami bilan xaspo‟shlashi
ijobiy izlanish tarzida o‟ziga tortadi, lekin unda shaxs “kundalik turmushimizda biz
bilgan shaxsning aynan timsolidir”, deb ta‟riflanadi.
Mazkur ijobiy ezgu niyatlarni amaliyotda qaror toptirishga shaxsning tizimi
tashkiliy tomonini baholay olmaslik va ichki omillar rolini bir tomonlama orttirish
holati to‟sqinlik qiladi. Jumladan, R.Linton shaxs tuzilishini “individumga
aloqador psixik holatlar va hodisalar tashkiliy agregati”, deb talqin qilishni taklif
qiladi, buning natijasida ularning shunchaki yig‟indisi yuzaga keladi, xolos.
Taniqli AQSH psixologi G.Ollportning fikricha, shaxs “ichki tizim”,
“dinamik qurilma”, “Men”, “qandaydir metapsixologik Men” o‟zida
oldindan
maqsad va dispozitsiyani aks ettiruvchi, inson tafakkuri va xulq-atvorida
mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir. Xuddi shu boisdan shaxsning
sinfiy-tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‟rnini
psixologik talqin egallaydi. Psixologlardan T.Parsons, G.Mid
va boshqalar
“shaxsning rolli tuzilishi” nomli konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit
subyektiv dunyosini, uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan,
idrok
maydonidan chetda qoldiradilar. Shunga qaramasdan, rus faylasuflari va
psixologlari shaxsning strukturasiga biryoqlama yondashishga barham berishga
intildilar, uning jamiyatda bajaradigan rolini adolatli baholab,
ijtimoiy, ijtimoiy-
139
psixologik, psixologik tizimlarda rolning turli kontekstda maqsadga muvofiq
bajarilishini ko‟rsatib o‟tdilar. Bu kontekstdagi asosiy yoki bosh muammo rollarni
internalizatsiyalashning yaqqol psixologik mexanizmlari, ular bilan bog‟liq
bo‟lgan normalari, rollar o‟rtasidagi
psixologik farqlar, shaxs tuzilishida
mustahkam joy olgan, unga nisbatan tashqi omillar; qo‟zg‟atuvchilar tarzida
saqlanuvchilar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: