Qang`, Dovon va Kushon davlatlari
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang` davlati paydo bo`ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko`chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang` davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O`rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi qang`lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang` davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg`ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g`arbda Sarisu daryosi, g`arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o`z ichiga olib Qang` davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.aw.II-I asrlarda qang`liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yerlarni va Xorazmni o`zlariga bo`ysundiradilar.
Qadiragi manbalarda Qang` davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (milavv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang`uy (Qang`) podshosi o`z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o`tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Qang` davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal
qilingan.
Qang` davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo`linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang` hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko`pchiligi Qang` davlatining kuchaygan davrlarida, ya'ni, milavv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang`arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o`tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug`diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar.
Manbalarda Qang` podsholarining ikkita: yozgi va qishg` qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni o`trorda (hozirgi Qozog`istondagi Arj va Turkiston oralig`ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkem viloyati Oqqo`rg`on tumanida) o`tkazganlar. O`troq aholidan tashqari Qang` davlatining chegaralarida bir qancha qabilaiar mavjud bo`lib, uni dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug`ullaninib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o`z chorvalari bilan ko`chib yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o`z an'anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang`lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo`lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgj qarorgohlarida o`tkazganlar.
Sirdaryoning O`rta oqimida yashovchi aholining ma'lum qistni mil.avv. III-milodiy V asrlarda o`troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, o`tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo`rik xarobalari o`rnida qang`arlarning qo'rg`onlari va ko`xna shaharlari bо`lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o`troq xalqlar ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosanj dehqonchilik va bog`dorchilik bitan shug`ullanganlar. Ular arpa, bug`doy, tariq, no`xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko`p bо`lgan. Sirdaryoning O`rta oqimidaj yashovchi qang`arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanganlar.
Qoramozor, Qurama va Chotqol tog`larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma`danlar bо`lgan. Bu joylardan juda ko`plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo`shib, mustahkam qurollar yasashni hamj o`zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan.
Qang` shaharlari qalin va baland devorlar bilan o`ralgan. Devorlarning tashqarisida qal'a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng.qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bо`lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo`rg`onlar ham mavjud bо`lgan.
Qang`arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o`rganilgan bo`lib, fanda Qovulichi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik topilmalar ma`lumotlariga qaraganda bu maniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo o`rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg`onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o`rta oqimida yashovchi xalqlarning So`g`diyona, Farg`ona va Tyanshan tog`ining shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bо`lganligi tufayli Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan.
Milodiy V asr o`rtalariga kelib qang`arlar yeridagi o`troq va qisman o`troq aholi O`rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo`ldilar.
Mil. avv. 1 ming yillikning so`nggi choragida O`rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Davun, Farg`ona) davlati haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma'lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo`lib, davlatni boshqaravchi hukmdor manbalarda "van" (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta'kidlanadi. Davlat hukmdori maralakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bо`lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko`rgan. Oqsoqoliar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba'zan uiar hukmdorning taqdirini hal etganlar.
Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen (davlatning sharqida) haqida ma'lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Atvdijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (o`zgand vohasi Qirg`.) o`rnida bо`lgan deb hisoblaydilar. Farg`ona vohasi hududlarida ko`chib yurgan chorvador va ko`chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bо`lganlar. Bu qabilalar uchun Farg`ona madaniy va hunarmandchillk markazi hisoblangan.
Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg`ardan Dovonga shimoliy yo`ldan karvon yo`li harakati boshlanadi. Bu yo`ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xatqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko`paya boshlaydi va ko`plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydp bo`ladi. Savdo yo`lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo`la boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko`pgina qal'alar savdo yo`lini qo`riqlash maqsadidabarpo etiladi.
Mil. avv. 125-yilda Dovonga kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan Dovonning qishloq xo`jaligi haqida ma'-lumot berib, shunday . yozadi: "O`troq aholi yer haydaydi, g`alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzurn, juda ko`plab yaxshi otlar bor". Bu ma'lumot qadimgi Farg`onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o`zlari uchun notanish bо`lgan beda va uzum hayratga solgan. Manbada yana shunday ma'lumot bor:"Xitoy elchisi urug` keltirdi, shunda osmon farzandi (Xitoy irnperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi".
Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg`ona chorvachiligining o`ziga xos tomoni bо`lgan yilqichilikning yuqori darajada rivojlanganligi haqida ham ma'lumotlar beradi. Dovon o`lkasi qadimgi (antik) davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma'lum bo`lishicha, ularni yetishtirish bilan o`troq aholi shug`ullangan. " Dovonda yaxshi otlar bo`lib ular Ershi shaharidadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo`lmaydilar". Dovonning mashhur "samoviy otlari" tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
Xususan, o`shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o`xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon o`zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bо`lganligini tasdiqlabgina qoJmay, farg`onaliklarning yuksak tasviriy san'at sohiblari bо`lganligidan ham dalolat beradi.
Manbalarning guvohlik berishicha, qo`shni davlatlar, xususan Xitoy imperatorlari Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun mil. avv. II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon O`rtasida harbiy to`qnashuvlar ham bo`lib o`tgan. Bu to`qnashuvlarda dovonliklar o`z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bо`lganlar.
Milodning I-II asrlarga kelib qadimgi Farg`ona aholisining o`troq dexqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko`tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Farg`ona vodiysida bu davrga oid ko`p sonli aholi manzilgohlari, qal'alar, qo`rg`onlar, ko`hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng yoyilishi sug`orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida hunarmandchilik markazlari bо`lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan hunaimandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o`z navbatida hunarmandchilik va tog`-kon sanoatining (turli ma'danlar qazib olish) yanada rivojlanishi uehun keng imkoniyatlar yaratdi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo`llarning mavjudligi tufayli Farg`ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog` vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o`zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg`ona yodgorliklarining ayriralarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo`jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi.
Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko`chmanchi qabilalar tomonidan tor-mor etilganligi eslatiladi. Strabon ma'lutnotlariga ko`ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, sakaravr qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, "Baqlriya va So`g`diyonani skif qabilalari sarauklar va assianlar bosib oladilar". Tadqiqotchilaniing fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma'lumot bergan.
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuyechji qabilalari bosib olganligi haqida ma'lumot beradi. Mil. aw. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. aw. 172-16-yillar oralig`ida deb belgilaydilar) yuyechjilar xunnlardan mag`lubiyatga uchraganidan so`ng O`rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko`chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy raanbalarida "Da-yuyechji" - "Buyuk" yoki "Katta Yuyechji" deb eslatiladi. Chjan Szyan ma'lutriotlariga ko`ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag`lubiyatga uchragach O`rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To`ng`ich Xan uyi tarixida ham yuyecbjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o`z poytaxtlariga asos solganliklari ta'kidlanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig`ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko`p o`tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma'lumotlariga ko`ra, Katta yuyechji hukmdorlari ko'1 ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo`lib, ular Xyurai, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko`pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo`ladilar.
1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularaing asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.
2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo`lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmtr yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar bo`ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo`lib ular xi-xou (yabg`u)j tomonidan boshqarilgan.
3. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo`lishi. Kushon (Guyshuan)j yabg`usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to`rtta mulkni birlashtirib Kustion davlatiga asos soldi.
Kushon davlatining paydo bo`lishi haqida ko`proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma'lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo`lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchiiar orasida bahslarga sabab bо`lgan bo`lsa-da, so`nggi 20-25 yil ichida bu masalaga juda ko`plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotiar olib borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o`tkazilgan xalqaro simpozium, 1968-yil Dushanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970-yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag`ishlangan bo`lib, undan j keyin ham bu masala bo`yicha ko`plab xalqaro anjumanlar bo`lib o`tdi.
Mil. avv. I asrning oxiri-mil. asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o`z ahamiyatiga ko`ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi "Guyshuan hokimi Kiotszyukyu", ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan "Kushon podshosi Kudzula Kadfiz"ga aynan mos tushadi.
Tangashunoslik ma'lumotlariga ko`ra, Kadfiz o`z podsholik -siyosatini davlat yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba'zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng so`nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning norni yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va "o`z ishonchiga qafiy kushonlar yobg`usi Kujula Kadfiz" degan so`zlar bor. Bunday tangalar zarb etlishini olimlar turlicha talqin etadilar. Ba'zi tadqiqotchilarning fikricha, Kadfiz I dastlab Yunon-Baqtriya podshosi Germey hokimligini tan oladi va ular birgalikda tanga zarb etadilar. Boshqa guruh olimlar fikriga ko`ra, Kadfiz I ning Germey tangalariga o`z ismini qo`yib zarb qilishga sabab, Gerraey tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o`z nomini "yobg`u"dan "shohlar shohi" faxriy unvonigacha ko`tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh O`rta Osiyodan (ko`proq Tojikistondan) topilgan tangalarda "shohlar shohi, buyuk xaloskor" degan yozuv ko`plab uchraydi. Ko`pchilik olimlarning fikricha, bu tangalarni Kadfiz I zarb etgan.
Kudzula Kadfizdan so`ng taxtga uning o`g`li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga o`tiradi, Kadfiz II davlatning iqtisodiy ahvdlini mustahkamlash vnaqsadida pul islohoti o`tkazib, oltin tangalar zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatiga qo`shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o`rnatadi.
Kushon podsholari ichida eng mashburi Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar sallanati gullab-yashnashining yuqori cho`qqisiga ko`tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo`shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg`oniston) atroflariga ko`chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg`oniston, O`rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, "Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo`shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko`pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g`arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o`z garovga qo`ygan odamlarini yuborar edilar".
Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan, Kanishka hukmronligi davrida) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar anchagina rivojlangan davr edi. Bu davrga kelib O`rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida qishloq xo`jaligi yaxshi o`zlashtirib bo`lingan edi. Tekisliklarda sug`orma dehqonchilik bilan birga chorvachilik hara keng rivqjlanadi. Bu davrda shuningdek, Xorazrnda, Zarafshonda ko`plab sug`orish inshootlari quriladi. Dehqonchilik qurollarida ham o`zgarishlar sodir bo`ladi. Samarqand yaqinidagi Talibarzu yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan.
Kushon davriga oid ko`plab ocbilgan ko`hna shaharlar bu paytda shaharsozlik madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu davrga oid dastlabki ochilgan ko`hna shaharlardan biri Ayritom ko`hna shahri bo`lib, u Amudaryoning o`ng qirg`og`ida Termizdan 20 km sharqda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Ayritom ko`hna shahri miLavv. II asrdan mil. III asrga qadar uch tarixiy bosqichda rivojlanadi. Bular: so`nggi grek-baqtriya davri, yuyechji-kushon davri va kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib borilgan uzoq yillik (1932 yilda boshlangan) tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari majmualari, qabriston, ko`plab haykallar va baqtriya yozuvi lopilgan va o`rganilgan. Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari aniqlanmagan.
Bu davrda Afrosiyob ko`hna shahri tuzilishida ham o`zgarishlar bo`lib o`tadi. Xususan, milodning dastlabki asrlarida bu ko`hna shahar yangitdan devor bilan o`rab olinadi. Afrosiyobdan topilgan juda ko`plab topilmalar ham aynan mana shu davrga oiddir. Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o`zgarishlar tufayli 4-5 asrlarida ko`hna shahar inqirozga uchraydi.
Bu davrga oid yirik ko`hna shaharlardan biri Dalvarzintepadir. Ko`hna shahar Surxondaryo viloyatining Sho`rchi tumani hududida joylashgan. Uraumiy maydoni 36 gektardan ziyod bo'lgan bu ko`hna shahar uzunligi 2,5 km, qalinligi 10 metr bо`lgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o`rab olingan. Devorlarda harbiy maqsadlarni ko`zlab maxsus minoralar qurilgan. Shaharning markaziy qismida boy shaharliklarning mahallalari, janubiy qismida esa hunarmandlar yashaydigan kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan ko`p sonli topilmalar nafaqat mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki, Yaqin va O`rta Sharqdagi turli viloyatlardan keltirilgan buyumlardir. Dalvarzintepatiing shahar oldi qismida milodning I asrida bunyod etilgan Budda ibodatxonasi qoldiqlari ochilib undan diniy qarashlar bilan bog`liq bо`lgan ko`p sonli topilmalar topilgan. Ko`hna shaharning markazidan milodiy II-III asrlarga oid yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochilgan. Ushbu ibodatxonadan loy va gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlarning yirik haykallari, hukmdor va unga yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko`hna shahardan 11 ta xumdon ochilgan bo`lib, ular bu hududda sopol hunarmandchiligining rivojlanganidan dalolat beradi. Uzoq yillik arxeologik tadqiqotlar Dalvarzintepa o`rniga Kushon daviatining yirik qo`hna shahri (dastlabki poytaxti) joylashganligidan dalolat beradi.
Termiz shahridan 26 km shimoli-g`arbda Zartepa ko`hna shahri joylashgan. Ko`hna shahar to`rtburchak shaklda (400x400) bo`lib mustahkam himoya devorlari bilan o`rab olingan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ko`hna shahar mil. avv. II-I asrlardan milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bо`lgan. Bu yerdan topilgan turli topilmalar shahar hayotining gullab-yashnaganidan dalolat beradi.
Amudaryoning o`ng qirg`og`i Surxondaryo viloyatining Sho`rob qishlog`i yonida Kampirtepa ko`hna shahri iovlashgan va bu yodgorlik mil. avv. III-milodiy III asrlarga oiddir. Ko`hna shaharning umumiy maydoni 4 gektar bo`lib qaPa va turar-joy inshootlaridan iborat. Yodgorlik 5 metr qalinlikdagi. mustahkam himoya devori va chuqur xandaq bilan o`rab olingan. Ko`hna shaharning shimoli-g`arbiy qismida
0,5 gektar maydondan o`nta ko`mish marosimiga oid inshootlar (nauslar) aniqlanib ulardan turli-tuman topilmalar topilgan.
Amudaryoning o`ng qirg`og`ida Termiz shahridan 5 km shimoli-g`arhda Eski Termiz yodgorligi joylashgan. Umumiy maydoni 500 gektardan iborat bu ko`hna shahar mil. avv. IV-III asrlarda paydo bo`ladi. mil. avv. III-II asrlarda Yeski Termiz himoya devorlari bilan o`ralib markazida yirik qal'a bunyod etiladi. Antik davr manbalarida "Tarmit", "Tarmita" nomi bilan tilga olingan bu ko`hna shahar Kushonlar davriga kelib Shimoliy Baqtriyaning ma'muriy va mafkurayiy markaziga aylanadi. Yeski Termiz hududlaridan shu davrga oid Fayoztepa, Qoratepa kabi yirik Budda ibodatxonalari ochib o`rganilgan.
Kushon davri yirik ko`hna shaharlaridan yana biri mashhur yodgorlik Xolchayon hisoblanadi. Ushbu ko`hna shahar Surxondaryo viloyatining Denov shahri shimoli-sharqida joylashgan bo`lib mil. avv. IV-III asrlardan - mil. VII asrga qadar mavjud bо`lgan. Yodgorlikning gullab-yashnagan davri Kushon davriga to`g`ri keladi. Xolchayondan bu davrga oid yirik saroy inshootlari, turar-joylar ochilgan. Saroyning ayvoni va bosh zali devorlari suratlar bilan bezaklangan. Sathidan esa "podsho Geray" avlodlariga mansub furli kattalikdagi haykallar topilgan.
Kushon podsholigi ruhoniylar qo`lidagi davlat bo`lib, bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh kohin ham hisoblangan. -Podsholik satrapiyalarga bo`lingan bo`lib, ularning boshliqlari ma'lum ma'noda o`zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansa-da, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bо`lgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishioq xo`jaligida dehqonchilik sun'iy sug`orishga asoslangan bo`lib, qishloq xo`jalik ekinlarining juda ko`p turlari yetishtirilgan.
Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya'ni, Vasudeva va Kanishka III hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi bokimiyatida markazdan qochuvchi kuchlar mavqeyi ortib ular o`zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi toraondan esa, ular o`rtasida o`zaro kurashlar avj ola boshlaydi. Undan tashqari Kushon davlatining janubi-g`arbiy hududlarida qudratli Sosoniylar davlati paydo bo`ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko`pgina yetiari Eron Sosoniylari qo`liga o`tadi.
Dostları ilə paylaş: |