Estetikaning mezoniy tushunchalariga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.
Muammoning turi
Muammoning kelib
chiqish sabablari
Muammoni echish yo‘llari va
sizning harakatingiz
Aleksandr Baumgarten ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi
G. Laybnits ta’limotidan kelib
chiqqan holda munosabat borasidagi nazariyalaridangi o‘shashlik va farqli jihatlar
nimalardan iborat?
o‘quv topshiriq FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U- fikringizni umumlashtiring
guruh
Savol
Estetikaning inson hayotidagi o‘rni nimalardan iborat?
Jonlantirishuchunsavollar: Estetikaning mohiyatini izohlang? Estetikaning asosini nima tashkil qiladi?
Estetikaning mezoniy tushunchalari ko‘rsating? Go‘zallik mazmuni nimalarda ko‘rinadi?
Jahon estetikasida go‘zallik nazariyalari xususida nimalarni ayta olamiz?
1-o‘quv topshiriq 3x4 organayzerinito‘ldiring
Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.
Tabiat estetikasi–bu .......
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez-tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir
qismi emas, uni odam bir-birini bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir-oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Tabiat estetikasi
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.