Umumilmiy-tadqiqot metodlari falsafa bilan maxsus fanlarning fundamental nazariymetodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya»,
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehti mollik» singari tushunchalar kiritiladi. Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni
formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir. Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – muayyanumumiydarajanio‘zidamujassamlashtirganbo‘lsa,umumilmiytushunchalargako‘proq umumiymavhum(birxil)darajaxoski, buularnimavhum-formalvositalaryordamidaifodaetish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) echishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Fanlararo tadqiqot metodlari– asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaningturlidarajasielementlarinibirlashtirishnatijasidayuzagakelgan)birqancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.