O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Buxgalteriya balansi turlari 


54 
mos bo‘lishi kerak. Sinov balansi buxgalteriya davrining so‘nggi kunida 
tayyorlanadi.
18
8-jadval 
Sinov balansi
T/R 
Buxgalteriya yozuvi 
Summa 
Debet 
Kredit 

Xaridorlardan bo‘nak 
XX 

Xodimlarga bo‘nak 
XX 

Auditorga haq 
XX 

Bankda balans 
XX 

Bank kreditlari 
XX 

To‘langan bank foizlari 
XX 

Kapital
XX 

Naqd pullar 
XX 

Sotish bo‘yicha komission haq
XX 
10 
Elektr xarajatlari 
XX 
11 
Asosiy vositalar 
XX 
12 
Tashqi tashuv qiymati 
XX 
13 
Olingan foizlar 
XX 
14 
Ichki tashuv qiymati 
XX 
15 
Ma’muriy xarajatlar 
XX 
16 
To‘lanmagan ijara hisobi 
XX 
17 
Sug‘urtaga to‘lovlar 
XX 
18 
Xaridlar 
XX 
19 
Ijara 
XX 
20 
Ta’mirlash va rekonstruksiya qilish 
XX 
21 
Ish haqi 
XX 
22 
To‘lanadigan ish haqi 
XX 
23 
Sotish 
XX 
24 
Xodimlarga ijtimoiy yordam xarajatlari 
(asosiy shtat bo‘yicha) 
XX 
25 
Sarmoya 
XX 
26 
Har xil kreditorlar qarzi
XX 
27 
Har xil debitorlar qarzi 
XX 
JAMI 
XXXXX XXXXX 
Sinov balansi yordamida bir tashkilotning moliyaviy hisobotlarini chizish 
mumkin 
va bu keng qamrovli 
muvozanatro‘yxatini beradi. Masalan, 
18
Learn Financial Accounting financial accounting basics tutorials point simply easy learning. 32-37 b. 


55 
savdofaoliyatida yalpi foyda aniqlash uchun foyda va zarar tahlil qilinadi, xulosa 
qilishga tayyor hisobot tayyorlanadi. 
Tugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning 
manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Tugatish balansi asosida tugatish 
komissiyasi korxonaning tugatilish paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari 
summasini belgilaydi, so‘ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani 
tashkil etish chog‘ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni 
qaytaradi. So‘ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o‘rtasida 
taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 
Tugatish balansida xo‘jalik subyektining aktivlari tugatish komissiyasi 
bahosida, ya’ni ular sotilishi mumkin bo‘lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi 
umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi. 
Bo‘lish (ajratish) balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga 
bo‘linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo‘linmasini 
boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi 
ham deb yuritiladi. 
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida 
tuziladi. 
Axborot hajmi bo‘yicha balanslar bir martalik va yig‘ma balanslarga 
bo‘linadi.Bir martalik balans faqat bitta korxona bo‘yicha joriy hisob asosida 
tuziladi. 
Yig‘ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar 
(vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo‘jalik 
mablag‘larini aks ettiradi. 
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat, kooperativ, o‘z, aralash va qo‘shma 
korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farq qiladi, 
Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga 
ajratiladi. 
Mustaqil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi.Alohida balansni 
korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, bo‘limlar, korxonaning avtotransport 
va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi. 
Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga 
bo‘linadi. 
Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. 
“Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”, “Sotib 
olingan xususiy aksiyalar” singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi. 
Brutto (brutto) – italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi “qo‘pol”, 
“tozalanmagan” degan ma’nolarni bildiradi. Brutto balans shakli faqatgina har xil 


56 
ilmiy tadqiqotlar, balans shaklida umumlashtirishning tarixiy jihatlarini o‘rganish 
va shunga o‘xshash maqsadlarda tuziladi.
Netto-balans — bu tartibga soluvchi moddalar (Kontraktiv va Kontrpassiv 
schyotlar) qoldiqlari mos ravishda tegishli moddalardan ayirib tashlangan, ya’ni 
tozalangan balansdir. Netto (netto) so‘zi ham italyancha bo‘lib, “sof”, “toza” degan 
ma’nolarni bildiradi. Hozirgi vaqtda balansning buxgalteriya hisobi xalqaro 
standartlariga muvofiq aniqlangan, netto-balansiga mos keladigan shakli 
qo‘llaniladi. Masalan, “asosiy vositalarning eskirishi”, “nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi”, “savdo ustamasi” va hokazolar aktivdagi tegishli moddalardan 
mos ravishda chegirib tashlanib, ularning sof qoldig‘i ko‘rsatiladi. Passivda esa 
Kontrpassiv schyotlar qoldig‘i, masalan, “sotib olingan xususiy aksiyalar” 
moddasining qoldig‘i u bilan bog‘liq tegishli modda, ya’ni “Ustav kapitali” 
moddasi qoldig‘idan chegirib tashlanadi. 
Korxona moliyaviy ahvolining yomonlashishiga qarab tugatish balanslari 
quyidagi ko‘rinishlarda tuziladi:


Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin