O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


№____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

№____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida) 
«Bosh kitob» Jurnali _________oy 20___ yil 
 
M/O bo‘yicha summa 
№ 
schyot 
№ 
schyot 
№ 
schyot 
№ 
schyot 
№ 
Oborot jami 
Dt Kt Dt Kt Dt Kt Dt Kt Dt 
Kt 
__kun __oy 20_ y 
boshiga qoldiq 


Oborot Jami 
__kun __oy 20_y 
ga qoldiq 
Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli 
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini 
qo‘llashga asoslangan. 
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma 
sohalarda keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy 
omillaridan biridir. 
Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini 
oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya 
hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi. 
Hisob ishlarida EHMlaridan foydalanish yordamchi quyidagi imkoniyatlarni 
yaratiladi: 
1.
Hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi. 
2.
Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. 
3.
Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi. 
4.
Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi. 
5.
Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi. 
6.
Korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. 
7.
Hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi. 
Buxgalteriya 
hisobining 
jadval-avtomatlashtirilgan 
shakli 
asosida 
buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga 
ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish 
hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. 


145 
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob 
ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinalarini ma’lumot 
tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda. 
Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish 
joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi. 
EHMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga 
korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib 
boriladi. 
Boshqarishning 
avtomatik 
tizimi 
korxonalar 
xo‘jalik 
faoliyatini 
boshqarishdagi vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi. 
Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo‘jalik faoliyati davomida 
yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ hal etishni tegishli chora-
tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, chora-
tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham 
BAT tizimi yordamida ta’minlanadi. 
Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, 
natijasida vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan 
shakli kompyuter dasturlaridan foydalanishga asoslangan. 
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini 
avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi. 
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy 
bosqich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir. 
Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, 
ma’lumotlar qayta ishlashga moslashtirilishi lozim. 
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida hujjatlar aylanishi ham shu shaklga 
moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan 
dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari 
ham ushbu shakldagi bosqichlardan hisoblanadi. 
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki 
avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob 
registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-
orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan 
foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini 
hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda 
buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar, 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va 
boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart. 


146 
Soddalashtirilgan shakl 
Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik 
subyektlari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi: 
Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 
20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador 
bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy 
ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. 
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni: 
a) yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 
kishidan; 
b) mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa 
sanoat-ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan; 
c) fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda 
boshqa, ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 25 kishidan oshmagan 
kichik korxonalar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining 
xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 
qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi. 
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik 
korxonalar va 
mikrofirmalar korxonalarning 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
buxgalteriya hisobining namunaviy schyotlar rejasi asosida mablag‘lar va ularning 
manbalari hisobini asosiy schyotlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali 
umuman buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni 
ta’minlash imkonini beruvchi xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi 
schyotlarining qisqartirilgan ishchi rejasini tuzish huquqiga egadirlar. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi 
registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil 
ravishda moslashtirib olishlari mumkin: 
- yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga; 
- tahliliy va jamlama hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog‘liqligiga; 
- barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga; 
- hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni 
tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar 
ma’lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga. 


147 
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik 
operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma’lum bir moddiy tashuvchilarining 
to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi. 
Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob 
hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarini qayd etish; 
- moliyaviy hisobotlarni tuzish; 
- buxgalteriya registrlari ma’lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt 
uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun foydalanish. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab 
chiqiladigan boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks 
ettiruvchi timsollar qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda 
tutilgan majburiy rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida 
registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin: 
- xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari; 
- tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan 
C-11-songacha ilovalarga binoan). 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin