Fuzariotoksikozlar – alimentar – toksik aleykiya va non orqali zaharlanish (pyanыy xleb) kiradi. Alimentar - toksik alleykiyani kelib chiqishiga ayrim tur yoki shtamdagi mog’orlar hisoblanib, ular qor ostida qishda qolgan bug’doy donlarini zararlaydi. Tashhis qo’yish uchun kasallik chaqirgan bug’doy donlari bilan kaptarlarni boqiladi.
Non orqali zaxarlanish bug’doy donlarini mog’orlar bilan zararlangan hollarda yuzaga keladi. Klinikasi: eyforiya, harakat koordinatsiyasini buzilishi, keyinchalik depressiya va holsizlanish.
Ergotizm – g’alla boshoqlarida bo’ladigan zaharli qora zamburug’lardir. Kasallik zararlanishdagi gangrenoz shakllari ham kuzatiladi.
Zaxarli qo’ziqorinlar bilan zaharlanish – qurbaqasallalar, muxomor, strochok, soxta to’nka zamburug’i (daraxt atrofida o’sadi) lar orqali kelib chiqadi. Qo’ziqorinlar bilan zaharlanganda o’tkir gastroenterit belgilari kuzatiladi.
To’xtovsiz suyuq ich ketish (xolerasimon) kuzatiladi, chunki uning tarkibida amanitin nomli zahar bo’ladi.
Muxomor bilan zaharlanganda vegatativ MNS jarohatlanishi belgilari kuzatiladi, chunki uning tarkibida muskarin va muskaridin zaharlari bo’ladi:
Strochok tarkibida germitrin va gelvell kislotasi bo’lganligi sababli, sarg’ayish va gematuriya yuzaga keladi.
Zaharlanishlarni oldini olish maqsadida aholiga zaharli qo’ziqorinlar haqida iloji boricha ko’proq tushuntirish ishlari o’tkazilishi talab etiladi.
Zaharli hayvon mahsulotlari orqali zaharlanishlar–marinka, ignaqorin, mo’ylovli baliq va sevan xromli baliqlarning ikralari va baliq sutlari qora mollarning ichki sekret bezlari – buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi kabilarni iste’mol qilganda kelib chiqadi.
Zaharli o’simliklar orqali zaharlanishlar–zaharli o’simliklar qatoriga 100 ortiq turdagi o’simliklar kiritilgan: bangidevona (durman), mingdevona (belena), bodiyon yoki zangpoya (pyatnistыy boligolov), belladon (krasavka), akonit yoki parpi, marjonbo’ta (buzina), O’rta Osiyoda esa ko’proq ko’k maraz yoki xazarangul (geliotrok), kampirchopon (trixodesma).
Agar bug’doy yoki arpa doni ko’kmaraz urug’i bilan aralashsa va iste’mol qilinsa toksik gepatit, kampirchopon bilan ifloslanganda esa – enfetsafalit yoki meningoensefalit rivojlanadi. Zaharlanishlarni oldini olish uchun don mahsulotlarini, ko’k maraz va kampirchopon urug’lari bilan ifloslanmasligi, ifloslangan taqdirda uning tozalanishi talab etiladi.
Bundan tashqari ayrim hollarda achchiq danak mag’izlarini iste’mol qilinganda (shaftoli, o’rik, olcha, bodom) uning tarkibida amigdalin organizmda gidrolizlanishi natijasida sinil kislotasini hosil qiladi.
Ayrim hollarda kartoshka qish kunlarida noto’g’ri saqlanishi va bahorda o’sib ketishi natijasida uning tarkibida solonin hosil bo’ladi va u gemolitik xususiyatiga egadir.