Bemor — bu hamshira parvarishiga muhtoj bo'lgan va shu parvarishni olayotgan inson. Hamshiralik ishi — o'zgaruvchan sharoitda mavjud va keyinchalik tug'ilishi mumkin bo'lgan salomatlik muammolarini hal qilishga qaratilgan tibbiy parvarishning bir qismi, maxsus kasbiy faoliyat, fan va san'atdir.
Atrof-muhit — inson hayotiga ta'sir etuvchi tabiiy, ijtimoiy, ruhiy omil va ko'rsatkichlar majmuasi.
Salomatlik — atrof-muhit bilan shaxs hayotining bog'liqligi, shu muhitga insonning moslashuvi natijasi
Bu asosiy tushunchalardan tashqari, hamshiralik ishiga xos bo'lgan boshqa tushunchalarni ham bilib olish lozim.
Inson — yagona, o'z-o'zini idora qila oladigan biologik tizim bo'lib, frziologik, ruhiy va jismoniy ehtiyojlari qondirilishi natijasida o'sib-unishi, atrof-muhit bilan bog'lanib borishi ta'minlanadi.
Hamshira — hamshiralik ishi falsafasini himoya qiluvchi va hamshira sifatida faoliyat ko'rsatishga huquqli, kasbiy ilmga ega bo'lgan mutaxassis.
Hamshiralik ishi falsafasining axloqiy belgilariga axloqiy burch, qadriyat va himmat kiradi.
Hamshiralik ishi falsafasini himoya qiluvchi hamshira quyidagi axloqiy burchni o'z zimmasiga olishi kerak: