O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Tibbiyot hujjatlari
Hamshirani ish sifati uni hujjatlarni qanday yuritishi bilan nazorat qilinadi.
1. Kasallik tarixi (forma № 003/u). U quyidagi qismlardan iborat: 
a) pasport qismi
b) bemor shikoyatlari 
v) hozirgi kasallik tarixi va uni turmush tarzi
g) hozirgi ahvoli haqida ma'lumot 
d) kundalik 
e) epikriz. 
Kasallik tarixi har bir shifoxonada yotgan bemorga tutiladi va shifokor, 
hamshira tomonidan to’ldiriladi. Qabul xonada kasallik tarixini titul qismini 
hamshira to’ldiradi. Kasallik tarixi tibbiyot hamshirasining postidagi qulflanadigan 
shkafda saqlanadi.
2.Paralel holatda (forma № 27/X) kasalxonadan chiqish varaqasi to’ldiriladi. 
Shifokor ko’rigidan va yozuvidan keyin, bemor kasallik tarixi bilan bo’limga 
o’tkaziladi, shundan boshlab kasallik tarixiga javobgar shaxs hamshira hisoblanadi. 
Hamshira bemorga bo’limga kelgan vaqtini va pedikulyoz natijalarini belgilaydi. 
Kasallik tarixi yuridik hujjat hisoblanadi, shuning uchun unga keraksiz narsalarni 
yozish ta'qiqlanadi va to’g’rilash kiritish mumkin emas. Kasallik tarixi yo’qolsa – 
qonun bo’yicha javobgarlikka tortiladi. 
3. Harorat varaqasi – ertalabki va kechqurundagi harorat belgilanadi, shunindek 
tana vazni va bo’y uzunligi (kelgan vaqtida va har 7- 10 kunda), vanna qabul 
qilgan kun, ich kelish harakteri va necha martaligi, pedikulyoz tekshiruv natijalari, 
qon bosim, nafas olish soni ham belgilanadi. 
4. Ovqatlanish varaqasi – bu varaqada hamshira bemorga qachon va nima ovqat 
byerganini belgilaydi. 
5. Davolash varaqasi. Bu varaqada hamshira bemorga berilgan dorilarni 
belgilaydi. 
6. Qon quyishni ro’yxatga olish jurnali (forma № 9). Bosh hamshirada saqlanadi. 
Muolaja xonasi hamshirasi tomonidan yoziladi, shifokor qo’l qo’yadi va tekshiradi. 
7. Bo’limga kasal kelib – ketishni ro’yxatga olish jurnali. 
8. Yuqumli kasalliklarni ro’yxatga oluvchi jurnal. Jurnalda kasallarni familiyasi, 
yoshi, diagnozi, kasallangan kuni va ko’rilgan chora – tadbirlar yoziladi. 
9. SESga shoshilinch xabar berish varaqasi. Bo’limda infeksion kasallik 
chiqqanda to’ldiriladi. 
10. Laboratoriyaga yo’llanma berish. Unda bemorni ismi – sharifi, kasallik tarixi 
nomeri, bo’lim nomi, va qaysi ko’rsatkichni aniqlash yoziladi. 
11. Navbatchilikni topshirish jurnali. Unda bo’limdagi bolalar soni, familiyasi va 
diagnozi, kelgan vaqti, issig’i ko’tarilayotgan bemorlar ro’yxati, og’ir yotgan 
bemorlar holati va boshqalar yoziladi.


24 
12. Kasalik tarixidan ko’chirma 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin