26
-Sanitar- gigiyenik me’yorlar
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha:
1.Yuqumli kasalliklarni oldini olish
2.Epidemiyaga qarshi kurash, ho’llab artish usuli
3.Bemorlarni kiyim-kechagi va o’rin- ko’rpasiga bo’lgan gigiyenik talablar.
4.Dezinfeksiya. Dezinfeksion suyuqliklarni tayyorlash .
Mavzuning mavzusi
Epidemiyaga qarshi kurash – bu sanitar gigiyenik vositalarni qo’llab,
shifoxona sharoitida yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olishni tashkil
qilishdir. Buning uchun qabul bo’limida yuqumli kasallikni bor yo’qligini aniqlash
uchun, bemorni terisi, tomog’i, harorati tekshirib ko’riladi, bemor tekkan narsalar
tozalanadi, bitni bor yo’qligini aniqlanadi, sanitariya ko’rigidan o’tkaziladi,
cho’miltiriladi, binoni ho’llab artib turiladi. Davolovchi bo’limda, karovot,
tumbochkalarni, tuvaklarni, shaxsiy ozodalik uchun kerak bo’ladigan hamma
narsani tayyorlab qo’yish, vaqtida gigiyenik vanna o’tkazish, kiyimlarni har 7-10
kunda almashtirish, xonalarni shamollatib, ho’llab artishni, yuqumli kasallikni
aniqlash va shubhali bemorni alohida xonaga olishni ko’zda tutiladi.
Sanitar- gigiyenik tartib – infeksion va boshqa kasalliklarni oldini olish
uchun ko’riladigan chora – tadbirlar.
Bunga tibbiyot xodimlarini va kasallarni shaxsiy gigiyenasi, yuvinishi,
cho’milishi, sochi, tirnog’ini parvarishi, tashqi ko’rinishi ko’rinadi. Shuningdek –
xonalarni yuvish, binoni remonti va unga qo’yilgan talablar kiradi.
Epidemiyaga qarshi va sanitar gigiyenik talablar davolovchi bo’limda
yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlardir.
Ho’llab artish texnikasi: ho’llab artish bo’limda har kuni 2 marotaba
o’tkaziladi. Ho’llab artishda ishlatiladigan inventarlar alohida saqlanadi. Ho’llab
artishda dezinfeksiyalovchi moddalar ishlatiladi.
Dezinfeksiya – (yuqumsizlashtirish) yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi
mikroorganizmlarni (bakteriyalar, viruslar va boshqalar) yo’qotish.
Dezinseksiya – zararli hashoratlarni yo’qotish.
Deratizatsiya – zararli kemiruvchilarni yo’qotish.
Dostları ilə paylaş: