O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Dezinfeksiya turlari

1.Kundalik dezinfeksiya- bemor aniqlangan xonada o’tkaziladi. Kasal atroflarini, 
o’rinlarini, idish- tovoqlarni u necha kun yotsa, shuncha kun dezinfeksiya qilinib, 
xastalikni tarqalishiga yo’l qo’yilmaydi. Bemorni ishlatgan narsalarini, kiyimini, 
siydigini, axlatini zararsizlantiriladi. Binoni ichini dezinfeksiya qiluvchi eritmalar 
yordamida ho’llab artiladi. 
2.Yakunlovchi dezinfektsiya -yuqumli kasal bo’lgan xonadonda, bemor 
kasalxonaga yoki boshqa yerga o’tkazilgandan keyin yoki o’lgandan keyin 12 soat 
ichida o’tkaziladi. 
3.Profilaktik dezinfektsiya-yuqumli kasal bo’lsa, bo’lmasa, yuqumli kasallik 
chiqmasligi uchun o’tkaziladi. Masalan: har kuni derazani ochib xonani 
shamollatish, ko’pchilik kirib chiqadigan joylarni profilaktik davolovchi muassasa 
binolarini ichini 0,5% xlor ohagi eritmasi bilan artib chiqish, ovqat yeyishdan oldin 
qo’lni yuvish, suvni qaynatib yoki xlorlab so’ng ichish va boshqalar. 
Bemorni ko’rpa to’shagi. 
Bemorlar xonasi, karovotlari bilan, bo’limning eng asosiy tuzilish birligi 
hisoblanadi. Qabul qilingan qoidaga muovfiq har bir karovotga 6,5- 7,5m
2
polni 
sathi to’g’ri kelishi kerak. Oynani polni sathiga bo’lgan nisbati 1:6 bo’lishi kerak. 
Karavotlar nikellangan yoki yog’li bo’yoqlar bilan bo’yalgan bo’lishi kerak. 
Bunda ularni dezinfeksiya qilish oson bo’ladi. Karavotni shunday qo’yish kerakki, 
unga har tomondan borish oson bo’lsin. Karavotlar orasi 1,5m bo’lishi kerak. Bosh 
qismi devor tomonda bo’lishi kerak. Karavotning sim to’ri yaxshi tarang tortilgan 
bo’lib, tekis bo’lishi kerak. Misol uchun, bemorlarni umurtqasi hastalangan bo’lsa, 
sim to’r o’rniga tekis taxta almashtiriladi. Sim to’r yoki taxta ustiga paxta tiqilgan 
to’shak solinadi. Bolalarga esa ayniqsa u kichik yoshda bo’lsa, to’shakni otni 
dumidan yoki dengiz o’tidan, parolondan qilinadi. Bolalarga yoki og’ir bemorlarga, 
agar u siydigini, axlatini tutolmasa to’shak kengligida klyonka solib uni ustiga 
choyshab solinadi. Albatta, choyshab yig’ilib qolmasligini kuzatib turish kerak. 
Yosh bolalar yostig’ini paxtadan yoki parolondan qilish ma'qul, katta yoshdagi 
bolalarga va kattalarga esa qush patidan yoki ukpardan qilinadi. Bemorlarga
albatta odeyal va choyshab beriladi. Vaqti – vaqti bilan to’shaklar, yostiqlar, 
odeyallar, ayniqsa yosh bolalarniki shamollatib turilishi kerak. 
Bemorni ko’rgani keluvchilarni bemor karavoti ustiga o’tirishi man etiladi. 
Og’ir bemorlarni o’rni, kiyimlari har safar ovqatlangandan keyin boshqatdan, non 
ushoqlarni qoqib to’g’rilab qo’yiladi. 
Karavot yonida tumbochkalar turishi kerak, unda bemorlar shaxsiy 
gigiyenaga tegishli narsalarni, o’yinchoqlarni, o’zini kiyimini saqlaydi. Tibbiyot 
hamshirasi tumbochkaga ovqat qo’ymaslikni nazorat qilib turishi kerak. 


29 
Bemor kasalxonadan tuzalib chiqqandan keyin uning kiyim kechaklari 
yuvish uchun kirxonaga topshiriladi, to’shak va yostiqlar quritiladi, lozim bo’lsa 
maxsus kamerada san.epid.stantsiyada dezinfeksiya qilinadi. 
Har 7 – 10 kunda bemorlar cho’miltirilib ustki va ichki kiyimlar, 
choyshablar, yostiqlarni jildi almashtiriladi. Bolalarni, og’ir bemorlarni kiyim 
kechagi iflos bo’ldi deguncha, agar lozim bo’lsa kunda bir necha marotaba 
almashtiriladi. 
Kiyim – kechak agar o’rnida almashtirilsa, yaxshisi bemorni kushetkaga 
yotqizib so’ng almashtirish kerak. Agar bemorni ahvoli juda og’ir bo’lsa kiyim – 
kechak uni yotgan joyida almashtiriladi, choyshabni almashtirish uchun bemorni 
karavot chetiga ohista surib bo’sh tomonida choyshabni bintga o’xshatib bemor 
tanasigacha o’rab,o’rniga yangisini solib, tekislab sekin – asta uni ustiga bemorni 
aylantirib yotqiziladi va kir choyshabni olib tashlab tozasini siliqlab har tomonga 
tortib qo’yiladi, eski choyshabni faqat uzunasiga emas, eniga ham yig’ish mumkin. 
Bunda choyshab oyoq qismidan belga qarab va bosh tomondan belga qarab o’rib, 
keyin bemorni belidan bir oz ko’tarib eski choyshab olinadi va o’rniga shunday 
o’ralgan toza choyshabni qo’yib, keyin ikki tomonga oldin oyog’ini ko’tarib, so’ng 
yuqori qismidan tanasini ko’tarib yoziladi. Qachonki bemor toza choyshabga 
yotgandan keyin uni tortib silliq qilib, ikki tomoniga to’shak taglariga qistirib 
qo’yiladi. 
Bemorni albatta ko’ylagini almashtirish kerak. Og’ir kasallarni ko’ylagini 
yechish uchun, tibbiyot hamshirasi, bemorni orqasiga qo’lini yuborib ko’ylagini 
ko’tarib oldin bir qo’lidan keyin ikkinchi qo’lidan echib oladi. Agar bir qo’li kasal 
bo’lsa, unda oldin sog’ qo’lidan, so’ng hasta qo’lidan keyin boshidan yechib 
olinadi. Ko’ylakni kiygizishda oldin bemor kasal qo’liga so’ng sog’lom qo’liga 
undan keyin boshidan kiygizib orqasidan tortib beliga, so’ng dumbasiga, so’ng 
sonlariga tushirib tekislanadi va bukilgan joylarni to’g’rilab qo’yiladi. 
Bo’limda bir kecha kunduzi yetarli kiyim – kechak bo’lishi kerak. Iflos 
kiyim kechaklarni quritib yana bemorga kiygizish man etiladi. Iflos kiyim – 
kechaklar yig’ilib plastmassadan bo’lgan qopqoqli baklarga yoki kleyonkadan 
bo’lgan qoplarga solinib bemor xonasidan olib chiqiladi va iflos kiyimlar turadigan 
xonada bikslarda yoki dokalarga o’rab saqlanadi. Katta shifoxonalarda yig’ilgan 
iflos kiyim – kechaklarga maxsus ajratilgan podvoldagi xonaga, fartuk kiyib, kiyim 
– kechaklarni ajratib, markazlashtirilgan korxonaga o’tkaziladi, u yerda bu narsalar 
paxta tolasidan bo’lgan qoplarga solinib kir yuvish xonasiga yuboriladi va u yerdan 
toza dazmollangan kiyim – kechaklar olinadi. 
Kiyim – kechaklar almashtirilgandan keyin, xonalar poli va atrofdagi 
narsalar 0,5 % xloramin eritmasi bilan lattalarni ho’llab artiladi. Bundan tashqari 
har kuni kichik tabobat hamshirasi navbat almashishdan oldin iflos kiyim- 
kechaklarni sanab, xo’jalik hamshirasiga topshiradi va tozasini oladi. 
Toza kiyim – kechaklar bo’limda maxsus ajratilgan xonada, shkaflarda yoki 
taxtadan qilingan tokchalarda saqlanadi. Tokchalarda kiyim – kechaklar, 
choyshablar, yostiq jildlari, odeyallar va yostiqlar alohida taxlanadi. Kiyim – 
kechaklarni saqlanishiga va gigiyenik holatda turishiga xo’jalik hamshirasi javob 
beradi. Har kuni xo’jalik hamshirasi bir kecha kunduzga yetarli kiyim –kechakni 


30 
kichik tabobat hamshirasiga beradi. Bu buyumlar maxsus qulflanadigan shkaflarda 
bo’limda saqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin