Arterial bosim. Arterial bosim sistola va diastola vaqtida tomirlar devoriga tushadigan qon
bosimdir. Arterial bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga,
umumiy pereferik tomirlarning qarshilik ko’rsatishiga, tomirlar devoriing
elastikligiga bog’liq. Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) va puls arterial
bosim farqlanadi. Sistolik bosim arterial sistemada chap qorincha sistolasidan
keyin paydo bo’ladigan, puls to’lqini maksimal ko’tarilgan vaqtdagi bosimdir.
Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida puls to’lqini tushgan vaqtda yuzaga
keladi. Arterial qon bosimini normal miqdori doimiy bo’lmay u kasalning yoshiga,
ahvoliga, asab tizimining holatiga bog’liq.
Arterial qon bosimini o’lchash uchun manometr yoki tanometrlar
qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan usul Korotkov usuli bilan o’lchanadi. Arterial
bosim ma'lum soatlarda yaxshisi ertalab, muayyan tana vaziyatida , imkon boricha
bir xil havo sharoitida , bemor yotgan yoki o’tirgandan so’ng 5 daqiqa o’tgach
o’lchanadi. Buning uchun kasalning yelkasi yecxilib , tirsakdan yuqori qismiga
manjetka o’raladi.Manjetka bilan teri orasida bitta barmoq siqadigan joy qolishi
kerak.Kaft yuqoriga tomonga qarab turishi kerak va tirsakdan elka arteriyasi
topiladi, qon tomiri urayotgan joyga fonendoskop qo’yilib, ballon orqali to
fanendoskopda tomir urushi to’xtaguncha havo yuboriladi,so’ng asta sekin ulagich
rezinadagi ventilni ochib havo chiqariladi va birinchi tomir urushi paydo
bo’lishidagi shkala ko’rsatkichi , keyin tomir urushi yo’qolgan oxirgi shkala
ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Bu ikki ko’rsatkich arterial bosimning maksimal va
minimal darajalariga to’g’ri keladi. Kasalliklarning turiga qarab arterial bosim
o’zgarib normadan oshib ketishi (gipertoniya),pastga tushib ketishi (gipotoniya)
deyiladi.Kundalik arterial qon bosimi ko’rsatkichlari kasallik tarixiga yozib
qo’yiladi yoki harorat varaqasiga grafik tarzda chizib boriladi.