O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Yurak to’xtab qolganda birinchi yordam



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Yurak to’xtab qolganda birinchi yordam. 
Yurak to’xtab qolganda asosan yurakni bilvosita massaj qilinadi.Bilvosita 
massaj qilishni asosiy mohiyati yurakni to’sh va umurtqa pog’onasi orasida ritmik 
siqishdan iborat bo’lib,bunda qon chap qorinchadan aortaga haydab beriladi. 
Natijada bu qon bosh miyaga boradi, o’ng qorinchadagi qon esa o’pkaga tushib 
kislorodga to’yinadi.To’shga bosim berish to’xtatilsa, yurak bo’shliqlari yana 
qonga to’ladi. Yurak to’xtab qolishni asosiy belgilari quyidagilar: katta 
arteriyalarda pulsni, yurak tonusini pasayishi va yo’qolishi, qon bosimining 
pasayishi, hushdan ketish va ko’z qorachigining kattalashuvi. Shuni esda tutish 
kerakki yurak to’xtagandan so’ng miya hujayralari hayot faoliyatini 3-5 daqiqa 
o’tguncha davom ettiradi.Shuning uchun bolalarni juda qisqa vaqt ichida 
davolashga erishishga umid qilib , shifokor kelgunga qadar yurakni yopiq massaj 
qilish kerak. Yopiq massaj qilish uchun bemorni qattiq joyga chalqancha holida 
yotqizib qo’llarini biqiniga qo’yish kerak. Hamshira bemorni chap tomonida turib 
o’ng qo’lini kaftini to’sh suyagini pastki uchdan bir qismiga qo’yib, chap qo’lini 
uni ustiga qo’yishi kerak va to’shni umurtqa pog’onasi tomon bosish kerak. Katta 
yoshdagi bolalarga massaj bot-bot har daqiqada 70-80 martaga yetkazib o’rtacha 
kuchli harakat bilan bosiladi (bolalarda yoshiga qarab). Qo’llar to’ning uchdan bir 
pastki qismida .ya'ni xanjarsimon o’simtadan 2 barmoq yuqorida turishi kerak.
Bunda to’sh suyagi bilan umurtqa pog’onasi o’rtasidagi masofa 3-4 sm qisqarish 
kerak, to’sh suyagi umurtqa pog’onasiga yaqinlashishi kerak. Bola qancha yosh 
bo’lsa ko’krak qafasi ham shuncha sekin bosiladi. Kichik yoshdagi bolalar 2 ta 
barmoq bilan massaj qilinadi, bunda ko’krak qafasi ikki qo’l bilan ushlanadi, katta 
barmoqni ko’krak qafasiga tekazib 100-110 martaga yetqazib massaj 
qilinadi.Umurtqa pog’onasi bilan to’sh suyagi o’rtasidagi masofa 1-1,5 sm 
qisqarishi kerak.Bir vaqtni o’zida massaj bilan birga “og’izdan-og’izga” sun'iy 
nafas oldirish o’tkaziladi. Bunda ikki marta nafas berilganda ko’krak qafasini 15


90 
marta bosish lozim, agar massajni bir kishi qilayotgan bo’lsa har 5 marta 
massajdan keyin 1 marta og’izdan-og’izga yoki og’izdan-burunga nafas beriladi.
Bu muolajalar natijasida katta qon tomirlarda puls hosil bo’ladi, arterial bosim
ko’tariladi, yurak tonusi oshadi. Teri rangi o’zgarib sianozlar yo’qoladi, ko’z
qorachig’i torayib va ularning yorug’likka javob bera boshlashi,bemorda mustaqil 
nafas tiklanishi kuzatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin