93
Tezlikda hosil bo’ladigan qattiq og’riq ichak sanchigi deyiladi. Hattoki juda qattiq
og’riklarda ham hamshira og’riqni qoldiruvchi dori berishi kerak emas. Og’riqni
susayishi va o’zgarishi diagnostikani qiyinlashtirib, xatoga olib kelishi mumkin.
Oqibatda tezkor jarrohlik yordami ko’rsatish vaqti boy beriladi.Og’riqni sababini
aniqlamasdan, shifokorni maslahatisiz qorniga issiq grelka qo’yish, kasalga
bo’shashtiruvchi vositalar berish va klizma qilish taqiqlanadi.
Birinchi yordam berishda:
-bemorni qulay yotqizish
-tinchlikni ta'minlab berish
-zudlik bilan jarrohlik bo’limiga olib borish
-qoringa muz solingan xaltacha qo’yish kerak.
Ko’ngil aynashi-to’sh osti sohasi va halqumda sodir bo’ladigan o’ziga xos
nohushlik sezish. Bunda yuz oqarishi, ko’p ter ajralishi, yurakni tez urishi, nafas
harakatlarini pasayishi bilan kechadi.
Qayd qilish oshqozon mushaklarining teskari harakati natijasida yuzaga kelib,
qusuq massalarini qizilo’ngach, halqum, og’iz va ayrim hollarda burun yo’llari
orqali chiqib ketishiga aytiladi. Qayd qilish nima sababdan paydo bo’lganligini
aniqlash muhimdir( ovqatdan keyin, dori qabul qilganda, harorat ko’tarilgandan
keyin). Shuningdek qusuq massasiga ham e'tiborni qaratamiz.
Och qoringa qusganda qusuq massalariga o’t suyuqligi aralashgan holda
qusuq shiralari ko’k sariq rangga bo’yalgan bo’ladi. Og’iz bo’shlig’idan yoki
qizilo’ngachdan qon ketishi qusuq moddalarni pushti rangga bo’yaydi.
Oshqozondan qon ketganida esa qon oshqozon shirasi bilan aralashib rangni
o’zgartiradi, qusuq moddalar bu holdai qo’ngir, qora rangda bo’ladi. Tibbiyot
xodimining vazifasi bemor qusganda uni ahvolini imkon boricha yengillashtirish
zarur. Qusayotgan bemorga qulay holat berib, o’tqazib, ko’kragiga sochiq yoki
klуопka tutib, og’ziga toza lotok, tog’ora tutib turish kerak. Agar bemor
darmonsiz yoki unga o’tirish taqiqlangan bo’lsa,boshini gavdasidan pastroq qilib,
bir yon tomonga yotqizish lozim va og’iz burchagiga lotok qo’yiladi. Yostiq bilan
ich kiyimlar iflos bo’lmasligi uchun bir necha marta taxlangan sochiq yoki pelenka
tutsa bo’ladi. Hamshira bemorning yonida turadi. Bemorning qusganligi haqida
darhol shifokorni xabardor qilinadi. Kasal qusib bo’lganidan keyin og’zini iliq
suvda chayish, lablari bilan og’iz burchaklarini artib qo’yish kerak. Darmonsiz
bolalarni qusgandan so’ng og’zini dokaga o’ralgan paxtada dezinfeksiyalovchi
eritmalar bilan ( furatsilin, kaliy permanganat) artib turish kerak.Qusuq massalarni
shifokor kelguncha saqlanadi, keyin ularni lobaratoriyaga yuboriladi, bankaga
bemor to’grisida zarur ma'lumotlar va tekshirish maqsadi yozib qo’yiladi. Agar
lobaratoriyaga tezda yuborishni iloji bo’lmasa qusuqni sovuq joyda saqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: