95
mm. ichakka yuboriladigan qismi to’mtoq bo’lib, ikkinchi uchi esa kesilgan. Bola
chalqancha yotqiziladi. Gaz chiqaruv nayini qaynatib, uchiga vazelin yoki boshqa
moy bilan surtilib, orqa chiqaruv teshigiga 20-30
sm uzunlikda yuboriladi,tashqi
qismi orqa chiqaruv teshigidan 5-6 sm chiqib turishi kerak. Nayni tashqi qismini
sudnaga yoki to’rt buklangan choyshabga chiqarib qo’yiladi. Bu o’rinni iflos
qilmaydi, chunki naydan gaz bilan birga suyuq holdagi aralashmalar ham chiqadi.
Gaz chiqaruv nayi kasalni qornidagi hamma gazlar chiqib, qorinni shishi ketgunga
qadar qoldiriladi.
Turishga ruxsat berilmagan bemorlarga ichak
va siydik qopini tozalash
uchun tuvak/ sudno/ yotgan holida beriladi. Tuvaklar emalllangan, rezinali,
chinnili bo’ladi, ular uzunchoq yoki dumaloq formada bo’lib, qopqog’i
yopiq
bo’ladi.
Toza dezinfeksiya qilingan tuvaklar xojatxonalarda saqlanadi. Kasalga
tutishdan avval uni suv bilan chayiladi, hamshira bir qo’li bilan kasalni dumg’aza
qismdan ko’tarib, ikkinchi qo’li bilan tuvakni dumba ostiga qo’yadi. Peshobdan
so’ng
hamshira tuvakni asta olib, to’kilib ketmasligi uchun ustiga klenka yopib,
xojatxonaga olib boradi. Bemorni qo’li bilan orqa chiqaruv organlari yuviladi va
quruq qilib artiladi. Tuvakni tozalovchi vositada yuviladi keyin xloramin
eritmasiga solib dezinfeksiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: