O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

SHISH PAYDO BO’LISHI – 
buyrak kasalligiga aloqador, birinchi navbatda 
siyrak teri osti kletchatkasi bo’lgan joylarda hosil bo’ladi, qovoqlarda, yuzda, og’ir 
hollarda esa butun tanada, shish tepadan pastga qarab tarqaladi. 
BUYRAK SOHASIDA OG’RIQ 
-pielonefritda, buyrak tosh kasalligida 
paranefritda ko’proq uchraydi. Buyrak tosh kasalligida bel atrofida kuchli og’rik 
paydo bo’lishi buyrak sanchig’i deb ataladi.Qovuk sohasida og’riq qovuq 
yallig’lanishida uchraydi/sistit/.Buyrak sanchig’i xuruji belning shikastlangan 
tomonida kuchli og’riq bilan kechadi.Og’riq juda kuchli bo’lib,bemor o’zina 
qo’yishga joy topolmaydi,o’zini har tomonga urib,karavotda dumalaydi.Ba'zan 
xuruj siydikda qon paydo bo’lishi bilan kechadi.Buyrak sanchig’ida birinchi 
yordam zudlik bilan shifokor chaqiriladi,bel sohasiga issiq grelka qo’yish, issiq 
vannalar qilish,vanna issiqligi bola chidaguncha isitiladi (40 
0
C oshmasligi kerak). 
Siydikning miqdori,tiniqligi,rangini,aralashmalar mavjudligini aniqlash zarur. 
Siydik chiqarishning buzilishi. 
Siydik miqdori buyrak va siydik yo’llarining turli kasalliklarida har tomonga 
o’zgarib turishi mumkin, goh ko’payib, goh kamayib hattoki umuman ajralmay 
qolishi mumkin.Siydik normal hosil bo’lib turganida ham qovuqda, siydik yo’lida 
ushlanib qolishi mumkin./retensiya/. Bunda qovuq to’lgan, kasal o’z xohishi bilan 
yozila olmay qoladi. 
Siydikning miqdori ko’payib ketishi 
poliuriya
deyiladi. 
Bu holat suyuqlik ko’p iste'mol qilganda, qandli va qandsiz diabetda, siydik 
haydovchi dorilar iste'mol qilganda , ovqat bilan kam oqsil va tuz iste'mol 
qiladigan kuchsizlanib qolgan bolalarda uchraydi. 
Siydik miqdori kamayib ketishi 
oligouriya
deyiladi.Bunda siydik miqdori 
sutkalik peshob miqdorini 1/'4 qismini tashkil qiladi.Oligouriya buyrak 
yetishmovchiligida,ko’p suyuqlik yo’qotganda,shishlarda kuzatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin