102
nafas olish tezlanishi, harorat ko’tarilishi, ichning ketishi) hisobiga bemorni ahvoli
og’irlashadi. Oligo yoki anuriya 4-5 kun davom etsa kasalda azot miqdori ko’payib
ketishi uremiyaga o’lib kelishi mumkin.
Siydik chiqarishni buzilishi va tez tez bulishi pollakiuriya deyilib, bu hol
poliuriyada ham uchraydi.
Nikturiya
tungi siydik miqdorining ko’payib ketishi.Normada kunduzgi va
kechkurungi siydik nisbati 2:1.Buyrak va siydik chiqaruv kasalliklarida
( fimoz, vulvit) uchraydi.
Siydikni kechayu kunduz ushlab tura olmaslik
enurez
deyiladi.Shuni
ta'kidlash kerakki har doim siydikni ushlab
tura olmaslik markaziy nerv
sistemasidagi tug’ma nuqson bo’lishi mumkin.
Buyrak kasalliklarining asosiy belgilaridan biri arterial bosimning
ko’tarilishidir, bunda bosh og’rig’i, quloq shang’illashi, uyqu va ko’zni xiralashuvi
bo’ladi. Hamshira buyrak va siydik chiqaruv yo’llari kasalliklarining asosiy
belgilarini bilishi, vaqtida shifokorga ma'lum qilishi, yordam ko’rsatishi kerak.
Masalan ,buyrak sanchig’ida spazmolitik va og’riqsizlantiruvchi in'yeksiyalar
qilish, issiq muolajalar qo’llash( umumiy issiq vannalar, buyrakka grelkalar
qo’yish) yaxshi naf beradi. Shuningdek ovqatlantirishga
ham katta ahamiyat
beriladi. Agar siydik bilan ko’p miqdorda siydik kislotasini tuzi ajralsa, ( uraturiya)
uni keltirib chiqaruvchi ovqatlar( miya, buyrak, go’shtli qaynatmalar, qo’ziqorin,
kofe, kakao, o’tkir choy) man qilinadi, Fosfat tuzlari bo’lgan mahalda tarkibida
kalsiy bo’ladigan mahsulotlar(sut mahsulotlari, tuxum,osh ko’katlar)tavsiya
etilmaydi.Go’sht,baliq,xamir taomlarini aksincha is'temol qilsa bo’ladi.Har qanday
dudlangan,tuzlangan ,ziravorlangan masalliqlar taqiq qilinadi.
Siydik kontsentratsiyasini kamaytirish maqsadida va diurezni ko’paytirish
uchun
suyuqlik ko’p icxiladi.( yoshga qarab 1-1,5-2 litr).
Buyrak va siydik yo’llarining kasalliklarini davolashning asosiy usuli bu suv- tuz
rejimga rioya qilishdir. Nefritning birinchi kunida, shishlar paydo bo’lganida,
gipertoniyada bolaning ovqat tarkibidan tuz umuman olib tashlanadi, natriyga boy
mahsulotlar istemol qilish cheklanadi, faqat hayvon oqsili beriladi.( go’sht, baliq,
tvorog).
Suvli rejimni tuzganda buyrakdan va ekstrarenal ajralgan suyuqliklar
hisobga olinadi.Shish paytida suyuqlik iste'mol qilish cheklanadi, Siydik yo’llari
kasalliklarida esa aksincha suv ko’p icxiladi,
ovqat tarkibidan achchiq, tuzli,
qovurilgan, dudlangan mahsulotlar man qilinadi.Analogik parhez suvni cheklagan
holda nefrit kasalligi bo’lgan bemorlarga qo’llaniladi. Nefropatiyada metobolik
buzilishlarining xususiyatiga qarab ayrim mahsulotlar cheklanadi.
Tibbiyot hamshirasi doimo bemorning diurezini kuzatishi kerak.
Diurez - bu ma'lum vaqt ichida ajralib chiqqan siydik miqdori( daqiqada, soatda,
kunda). Siydikni kechayu kunduz bir idishga yig’ib olish, uning miqdorini o’lchab
turish, iste'mol qilingan suyuqlik miqdorini o’lchab har kuni kasallik
varaqasiga( maxsus « diurez varaqasi»)yozib turish kerak.
Bu tanada ushlanib
qolgan suyuqlik miqdorini aniqlashga yordam beradi.
103
DIUREZ VARAQASI № _________________
Kasalning F.I.Sh______________________________________________
Yoshi_________________________
Bo’lim_________________ Palata № _______________
______________________________________________________________
Vaqt
Sana Iste'mol
qilingan
suyuqlik miqdori
Ajralgan siydikning miqdori
Buyrakdan
tashqari
ajralgan suyuqlik (qusish, nafas olish tezlanishi, harorat ko’tarilishi, ichning
ketishi) shifokor tomonidan to’ldiriladi.
Ko’p hollarda tekshirish uchun siydik ertalab,uyqudan so’ng
darhol
olinadi.Siydikni analizga olishdan oldin qiz va o’g’il bolalarni tashqi jinsiy a'zolari
yaxshilab yuviladi. Quruq va toza idish tayyorlab qo’yiladi, shuni ta'kidlash
kerakki kichik yoshli bolalarda siydik yig’ish qiyincxilik tug’diradi, bu jinsiy
a'zolarning anatomik tuzilishiga bog’liq. O’g’il bolalarda siydik probirkaga
yig’iladi, oraliqqa yopishuvchi plastir yordamida yopishtiriladi. Qizlarda jinsiy
lablarni orasiga qo’yilgan steril paxta yordamida. Ayrim hollarda siydikni kateter
yordamida qovuqdan olinadi. Shuni esda tutish kerakki qizlarda siydikni hayzdan 3
kun oldin va 3 kun keyin olib bo’lmaydi. Analiz yig’ilagn bankaga
bo’limni,bemorni ismi sharifi,qanday analiz uchun olinganligi yozib qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: