O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

MAVZUNING MAZMUNI. 
Oila-ijtimoiy o’zaro munosabatlar birligi. 
Du Val (1977 y.) oilaga quyidagicha ta'rif beradi: «2 yoki undan ko’p 
odamlarning qondoshlik, nikoh, bola olish yoki tug’ilish bilan bog’liq guruhi» . 
1992 yili oila kategoriyasiga aniqlikni Fridman kiritadi: ya'ni bunga ko’ra 
«emotsional bog’liq va birga yashovchi» bu oilani tashkil etadi. 
Oila vazifasi: 
1.Jismoniy: xavfsizlik va yashab qolishlik. Jismoniy, moddiy va biologik qo’llab-
quvvatlash. 
2.Iqtisodiy: har bir oila a'zosining iqtisodiy ta'minlanishi. Oziq-ovqat, kiyim-
kechak, mehnat taqsimoti, tibbiy xizmat ko’rsatish, bolalar parvarishi. 
3.Reproduktiv: bola yaratish va tarbiyalash, kattalar jinsiy ehtiyojini qoniqtirish. 
4.Ruhiy: insonlarga mehr va g’amxo’rlik, stresslar paytida qo’llab-quvvatlash 
o’zaro harakat va nazorat misollari. 
5.Muloqot: xulq-atvor «me'yorlariga» o’rgatish, jismoniy o’sish va o’zgarishlarga 
moslashish, madaniyatli bo’lish. 
6.Ijtimoiy: shuningdek ijtimoiy guruhlarda oila o’zlari yashaydigan turli rollarni 
bajarishga ham o’rgatadi va katta kishining shaxsini er-xotin rollariga xos 
stereotiplar orqali qat'iylashtiradi. 


13 
7. Ta'lim. Mas'uliyatga, mamlakat qonunlariga rioya etishni, ayol va erkaklikning 
biologik tushunchalarini singdirish. Qizlarga yoqimtoylik, nozik tab 
ko’nikmalarini hosil qilishni hayotiy maqsad, turmush qurishga tayyorlash, o’g’il 
bolalarda mustaqillikka, tashqi dunyoga qiziqishni, o’ziga bo’lgan ishonch , 
qat'iylik, o’ziga baho berish va yuksaklikka intilish rag’batlantirish zarur. 
Oila tuzilishi: 
1.An'anaviy: 
a) farzandsiz 
b) ota, ona, farzand yoki farzandlar 
v) kengaygan: buvi va buvili, tog’a, amaki xola 
2.Yolg’iz ota yoki ona farzandi bilan 
3.Aralash o’gay ota, ona, farzandning ona yo otasi bilan 
4.Alternativ oila birga yashovchi yolg’iz o’spirin va qariyalar. 
Etika
Etika –so’zi yunoncha «aetos» degan so’zdan olingan bo’lib, yurish-turish, 
ahloq degan ma'noni bildiradi. Tibbiyot etikasi o’ziga tibbiy xodimlar hulq-atvori 
me'yorlarini yurgizish tamoyillarining, ularni faoliyatining o’ziga xosligi bilan 
belgilanuvchi o’zaro birligini o’z ichiga oladi.Tibbiyot etikasini uzoq asrlardan 
bizgacha yetib kelgan dastlabki konsepsiyasi qadimgi xind kitobi «Hayot yo’li», 
«Hayot ilmi»da qayd qilingan bo’lib,unda shifokorga rahmdil, xayrixox, adolatli, 
sabr-toqatli , og’ir bosiq va har qanday sharoitda o’zini yo’qotib qo’ymaslikni 
tavsiya etilgan.
Axloqiy tushunchalarga «burch», «javobgarlik», «nomus» va «baxt»
tushunchalari kiradi. Ular ming yillik tarixga ega bo’lib,turli axloqiy nazariyalar va 
ta'limotlarda ishlab chiqilgan. Egallangan kasb ayniqsa tibbiyotda shunchaki 
tasodifiy bo’lishi mumkin emas. Tibbiy etikaning ajralmas bo’lagi bo’lishi lozim. 
Tibbiy axloqning asosiy vazifalari jamiyat va bemor kishi salomatligi yo’lida halol 
mehnat qilish,hamshira har qanday sharoitda tibbiy yordam ko’rsatish,bemorga 
diqqat e’tibor va g’amho’rlik bilan munosabatda bo’lish o’zining barcha hatti 
harakatlarida yuksak insoniy qoidalariga rioya qilish,tibbiyot xodimining 
mas'uliyatini aniqlash o’z Vataniga, hukumatiga mehr muhabbat va sadoqatni
internatsional burch sadoqatligini, yuksak insonaparvarlik kasbini oliyjanoblik 
a'nanalarini saqlash, tibbiyot xodimining mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanishning 
mavjud vositalarini umumlashtirish va yangilarini ishlab chiqishdan iborat. 
Hamshiraning axloqiy belgilariga bosiqlik, chidamlilik, ochiq chehralik, 
rostgo’ylik xushmuomalali, yoqimtoylik va mehribonlik kabi belgilarni kiritish 
mumkin. Estetik belgilar esa hamshiradagi oddiylik, kamtarlik, ochiq chehralik 
shifoxonada yaxshi kayfiyat yarata olishi deb qaraladi. Albatta bolalar bilan ish 
olib borish va davolash diagnostika muolajalari hamda parvarish ishlarini bajarish 
jarayonida hamshiraning intelektual belgilarining ahamiyati juda katta bo’lib 
bilimdonlik, kuzatuvchanlik fahm farosatlik o’z kasbini ustasi (professonali) 
bo’lish shular jumlasidandir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin