10
6. Uy kiyimlarini saqlash uchun xona
7. Bo’lim mudiri xonasi
8. Katta
hamshira xonasi
9. Xo’jalik bekasi xonasi
Qabul bo’limi shifoxonaga kirish oldida joylashgan bo’lib, eshiklari katta
nosilka bilan bemalol kiradigan bo’lishi kerak. Tuzalib
ketayotgan bemor yangi
kelgan bemor bilan uchrashmasligi kerak.
Ko’ruv xonasida bemorni ko’rish uchun maxsus stol, kushetka, shifokor va
hamshira uchun stol bo’lishi kerak. Har bir bemorni ko’rgandan keyin kushetka va
maxsus stol ustini 0,5% xloramin eritmasida latta bilan ho’llab artiladi.
Bemorni sanitariya ko’rigidan o’tkazish quyidagilarni ko’zda tutadi:
-Gigiyenik vanna, dush yoki bemorni ahvoli og’ir bo’lsa iliq suv bilan badanini
artish.
- Keyin bemorga
shifoxona kiyimini kiyintirib, vaznini tortib, bo’yini o’lchab
aniqlash.
- Juda og’ir bemorlarni sanitariya ko’rigidan o’tkazmasdan reanimatsiya bo’limiga
olib borish.
-Oyoq- qo’l tirnoqlarini olish.
-Pedikulyozga tekshirish. Agar boshda bit bo’lsa unda tuman SES ga xabar berish.
Shifoxonani ish rejimi:
1. Davolash-muhofaza rejimi: Bu rejim o’z ichiga shifoxona kun tartibini saqlash,
ertalabki uyqudan
turishni nazorat qilish, haroratni o’lchash, shifokorni buyurgan
vazifalarini
bajarish, dorilarni berish, bemorlarni ko’rish,
davolovchi va
diagnostika muolajalarni o’tkazish , ovqatlantirish,
dam olish, sayr qilish,
qarindoshlarni kelish-ketishini
nazorat qilish, binoni tozalash,
va uyquga ketish
oldidan bemorlarni kuzatib chiqishni o’z ichiga oladi.
2. Sanitar-gigiyenik rejim.(5 darsga qaralsin)
3. Yuqumli kasalliklarga qarshi rejim. (5 darsga qaralsin)
Dostları ilə paylaş: